IT Park EPAM Systems bilan birgalikda global IT-konferensiyasini tashkil qilishi mumkin

2022-yil 24-yanvar kuni IT Parkʼga EPAM Systems kompaniyasi rahbariyati EPAM Systems Belarus bosh direktori o‘rinbosari Andrey Shubaderov va EPAM Systems Uzbekistan bosh direktori Renat Axtyamov tashrif buyurishdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, IT-park direktori Farhod Ibragimov, direktorning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Alisher Xafizov, hududiy rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Jahangir Rajabov va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda elektron hukumatni rivojlantirish, onlayn universitet yaratish va IT-mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.  EPAM kompaniyasining Senior-mutaxassislarini boshqa joyga ko‘chirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, EPAM bilan birgalikda yirik IT-kompaniyalar va ularning mutaxassislari ishtirokida global IT-konferensiyasini tashkil etish rejalari muhokama qilindi.  Konferensiya doirasida Markaziy Osiyoning keng koʻlamli xakatoni ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Natijada IT Park O‘zbekistonda EPAM Systems vakolatxonasini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

2022-01-24