IT Park “EuroAsian Startup Awards” tanlovi hamkoriga aylandi

IT Park “EuroAsian Startup Awards” tanlovi hamkoriga aylandi. Bu esa endi bizda “EuroAsian Startup Awards” tanlovida ishtirok etish uchun turli yo‘nalishlardagi startaplarni taqdim etish imkoniyatimiz bo‘lishini anglatadi.

“EuroAsian Startup Awards” - bu 10 ta davlatni, ya’ni O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya va Ukrainani qamrab olgan tanlov hisoblanadi. Tanlov startaplarga nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham o‘zlarini namoyon etishlariga imkon beradi.

“Bizning maqsadimiz oddiy. Biz mahalliy innovatsion g‘oyalarning global miqyosda tasdiqlanishini, global ekotizim a’zolari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni hamda asosiy e’tiborning iste’dodlarga va kashf qilinmagan biznes imkoniyatlariga boy mintaqalarga qaratilishini xohlaymiz”, deya https:// euroasianstartupawards.com/ saytida yozilgan.

Yaqinda bo‘lib o‘tadigan “EuroAsian Startup Awards 2021” mavsumida O‘zbekiston ishtirok etadi. Bu esa, o‘z navbatida, tez orada bizdan dunyo miqyosida o‘zini ko‘rsata oladigan startaplar chiqishidan dalolat beradi.

“EuroAsian Startup Awards” haqida batafsil ma’lumot: https://euroasianstartupawards.com/season-2021/

2021-05-25