IT Park “FACEIT” platformasida “IT Park Community HUB” ligasini ishga tushirmoqda

IT Park kibersportga, asosan CS:GO kibersport yo‘nalishiga qiziqadiganlar uchun “FACEIT” platformasida “IT Park Community HUB” ligasini ishga tushirayotganligini ma’lum qilishdan mamnunmiz. 

“IT Park Community HUB” ligasi barcha ihlosmandlar uchun ochiq, ya’ni ligada hamma ishtirok etishi mumkin. 

“IT Park Community HUB” ligasi g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - xanjar (shahar maskirovkasi);
2-o‘rin - ak47 (neon poygachi);
3-o‘rin - usp-s (daxshatli aralashma) 

G‘oliblar o‘yin davomida yig‘gan ballariga qarab aniqlanadi.

IT Park kibersportga, asosan CS:GO kibersport yo‘nalishiga qiziqadiganlar uchun “FACEIT” platformasida “IT Park Community HUB” ligasini ishga tushirmoqda. 

Ligada o‘ynashni boshlash uchun qilishingiz kerak bo‘lgan narsalar:

- faceit.com platformasida ro‘yxatdan o‘tish;
- bizning ligamizga obuna bo‘lish: https://cutt.ly/vn4uKLw

- platformadan xabarnoma kutish va o‘yinni boshlash. 

Muhim:

- o‘yinlar 2021-yil 1-iyul kuni boshlanadi va 2021-yil 30-iyul kuni yakunlanadi. 

Kerakli havolalar:

IT Park kibersport hamjamiyatining Telegramdagi guruhi: https://t.me/itpark_cybersport

Discord IT Park: https://discord.gg/xb9JgJUq

2021-06-24