IT Park GoToAsia.Market bilan hamkorlikda pandemiya sharoitidagi innovatsiyalar haqida onlayn anjuman oʻtkazadi!

IT Park Uzbekistan GoToAsia.Market bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha korporatsiyalar, biznes va davlat organlari uchun innovatsiyalarga doir onlayn anjuman oʻtkazadi. Shuningdek, u investorlar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari vakillari uchun ham foydali boʻladi: anjumandan keyin aloqa maʼlumotlarini almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olish mumkin.

GTAM Alliance – “IT-ASIA” MChJ (Toshkent), “IT-V” (Moskva) , “Global Care League” MChSh (Almati) asosida 2019-yilda tashkil etilgan loyihadir. Tashkilotning asosiy maqsadi CIS, MENA va Indiq bozorida innovatsion texnologiyalarni (innovatsiyalarni uzatish) targʻib qilishdir.

Hozirda asosiy eʼtibor davlat va biznes buyurtmachilari, shuningdek, texnologik-innovatsion loyihalar manfaatlari yoʻlida Rossiya va Oʻzbekistondagi faoliyatga qaratilmoqda.

Onlayn anjuman 2020-yil 5-may kuni, Moskva vaqti bilan soat 11:00, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 boshlanadi.

GTAM alliance, shuningdek: cda (Create, develope, achieve), ICT News, Tochka kipeniya kabi kompaniyalar bizning bosh hamkorlarimizdir.

Spikerlarimiz: Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi startaplar vakillari, shuningdek, Covid-19 Challenge 2020 dasturining finalchilari.

Onlayn anjuman 4 ta mavzuda boʻlib oʻtadi:

Tibbiyotdagi texnologiyalar
Onlayn taʼlim
Masofaviy ish
B2B va B2G yechimlar

Ekspertlar:

IT Park direktori – Farhod Ibragimov
Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori – Shahlo Turdiqulova
DXH boʻyicha sertifikatli xalqaro trener – Remir Mukumov
ITTJ akseleratorining yetakchi trekeri – Vasiliy Borisov
IT tadbirkor, GoToAsia.Market (GTAM) hammuassisi – Dmitriy Dvoynikov
GTAM hammuassisi, innovatsiyalar eksporti boʻyicha mutaxassis – Aleksey Melnik
Microcredit Bank boshqaruv kengashi raisining maslahatchisi, fintex va blockchain boʻyicha mutaxassis – Viktor Nasochevskiy
Cda.vc shahar raqamli akseleratori rahbari – Аndrey Myaskov

Anjuman dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: ochilish marosimi, loyihalar taqdimoti va ekspertlar va mehmonlarning fikr-mulohazalari.

Izoh:

Agar siz startapchi boʻlsangiz va ushbu onlayn anjumanda maʻruza qilishni istasangiz, quyidagi havolalar orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Anjuman haqida batafsil maʼlumot: https://gotoasia.market/online-conference-covid

Roʻyxatdan oʻtish: https://gotoasia.market/online-conference-covid#form

2020-04-20