IT Park Huawei bilan birgalikda O‘zbekistonda BPO Markazlarini ishga tushiradi

25-oktabr kuni IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov va Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Jiakai O‘zbekistonning Termiz va Namangan shaharlarida biznes-jarayonlari autsorsingi boʻyicha ikkita markaz (BPO Markazlari) tashkil etish toʻgʻrisida protokol imzoladilar.

Tantanali imzolash O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ko‘magida Samarqand shahrida ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.

BPO Markazlarini birgalikda ochilish loyihasibu 2022-yil mart oyida Barselonada AKT Vazirligi va Huawei oʻrtasida erishilgan kelishuvlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish, hamda, 2022-yil yanvar oyida IT Park va Huawei oʻrtasidagi imzolangan memorandumda belgilangan rejalarni amalga oshirishdan iborat.

Termiz va Namangandagi yangi BPO-markazlari intellektual va yashil yechimlar asosida ochiladi.

“Huawei bilan bugungi hujjat imzolash marosimi samarali hamkorligimizdagi yangi bosqichidir. Biznes xizmatlari autsorsingi O‘zbekiston IT-eksporti uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri. Shunday qilib, tashkilotlarimiz hamkorligi tufayli Termiz va Namanganda ikkita yangi BPO Markazlari ochiladi, bu nafaqat shaharlarda 60 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishga, balki O‘zbekiston IT-eksportchilar orasida yetakchilar reytingida o‘z mavqeini mustahkamlashga yordam beradi”, – dedi IT Park direktori Farhod Ibragimov.

“Huawei kompaniyasi O‘zbekiston AKT hamjamiyatining faol a’zosi hisoblanadi.  Huawei ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mamlakatda inson kapitalini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratish orqali mamlakatning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.  Bugun biz Huawei kompaniyasining aqlli va “yashil” kampuslarni yaratishda qo‘llaniladigan yechimlari asosida O‘zbekiston Respublikasida ikkita BPO Markazini ishga tushirishga kelishib oldik.  Markazlar aqlli qurilmalar ekotizimlari, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ta’minlanadi”, — dedi Huawei Uzbekistan direktori Chen Jiakai.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 24–27-oktabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 Haftaligi yirik IT-kompaniyalar, xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida qator tadbirlar, forumlar va sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

2022-10-25