IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun trekerlar qidirmoqda

Yaqinda biz startap asoschilariga mahsulotlarini joriy etish hamda ularni yangi darajaga olib chiqishdda yordam beradigan IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari ishga tushganligi haqida e’lon qilgan edik.

Shuningdek, hozir bizga dastur doirasida asoschilarga ko‘mak qo‘lini cho‘za oladigan trekerlar kerak.

Treker:

Startaplarga mahsulot yaratishda, uni sinovdan o‘tkazishda va shu kabi vazifalarni bajarishda ko‘mak ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Trekerning vazifasi – startapga bor e’tiborini qaratgan holda, unga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari davomida iloji boricha ko‘proq rivojlanishiga yordam berish.

Potensial trekerga qo‘yiladigan talablar:

1. Texnologik kompaniyada o‘rta yoki yuqori rahbar lavozimida kamida 3 yil ish tajribasi;

2. Rus va o‘zbek tillarini bilish (ingliz tili ixtiyoriy);

3. Startaplar bilan ishlash tajribasi.

Biz sizga:

1. Strategik menejment hamda “advising” bo‘yicha malakangizni oshirish;

2. Haqiqiy startaplar ustida ishlash orqali tajribangizni orttirish;

3. Katta talabga ega yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini taklif qilamiz.

4. Dastur yakunida eng yaxshi trekerlar taqdirlanadi. 

 

Agar siz o‘zingizni yuqoridagi mezonlarga mos kelaman deb o‘ylasangiz, havola orqali arizangizni yuboring:

https://cutt.ly/IlV8mM3

 

2021-03-02