IT Park IT-buyurtmalar va mutaxassislarni topish uchun yangi platformani ishga tushirdi!

IT Park bir-biriga muhtoj boʻlgan IT-mutaxassislar va kompaniyalar uchun qoʻllanma sifatida xizmat qiladigan «IT Market» platformasini ishga tushirdi.

«IT Market» - bu har qanday xaridorga oʻz istaklarini bajarishga tayyor boʻlgan IT-mutaxassislarni topishga yordam beradigan, IT-mutaxassislarga esa oʻzlarini qiziqtirgan loyihalarning ustida ishlash imkoniyatini beradigan platforma. Buyurtmalar turli xil davlat tashkilotlari, shuningdek, vazirlik va idoralardan kelishi muminligini hisobga olganda, buyurtmalar oqimi deyarli toʻxtab qolmaydi.

Shuningdek, siz rezyumeingizni platformaga yuklashingiz mumkin. Rezyume IT-mutaxassislari uchun doʻst rolini oʻynaydi, sababi ular platforma resurslaridan yanada samarali foydalanishga va “Vakansiya” sahifasida ish topishga yordam beradi.

IT Market’dan siz quyidagi yoʻnalishdagi buyurtmalarni topishingiz mumkin:

- veb-sayt yaratish;

- ilova yaratish;
- raqamli marketing;
- SMM va PR;
- kompleks yechimlarni (axborot tizimi, ERP tizimi, CRM tizimi va boshqalarni) amalga oshirish uchun buyurtmalar;

- dastur, sayt va boshqalarni sinovdan oʻtkazish;
- qidiruv tizimini optimallashtirish (saytni optimallashtirish, SEO dizayni va boshqalar);

- reklama;

- oʻyin yaratish;

- mobil ilova yaratish;
- infratuzilma (xosting, domenlar, ma’lumotlar bazasi va boshqalar);

- konsalting (IT-konsalting, IT-autsorsing va boshqalar);

- kontent;

- va boshqalar.

Eslatma:
Bu platforma yangi va yaqinda ishga tushirildi. Shuning uchun, hozirgi kunda siz platformadan koʻp miqdordagi buyurtmalarni topa olmaysiz. Ammo siz buni tuzatishingiz mumkin. Agar sizda IT-mutaxassislarga muhtoj boʻlgan IT-kompaniyangiz boʻlsa, unda buyurtmalarni platformangizda e’lon qiling. Agar siz ish va loyihalarni izlayotgan IT mutaxassisi boʻlsangiz, u holda platformaga oʻz portfolioingizni yuklang.

Platforma havolasi: 
http://it-market.uz

 




 

 

2021-01-14