IT Park Job Fest bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil qiladi

9 va 10-iyun kunlari poytaxtda Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi binosida (Mo‘minov ko‘chasi, 4A) IT Park Job Fest bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

IT Park Job Fest’ning maqsadi yoshlarga kompaniya vakillari bilan muloqot qilish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kompaniya istiqbollari haqida bilish, ularni qiziqtirgan savollarni berish, aloqalar almashish va tarmoq o‘rnatish imkoniyatini berishdan iborat.

Axborot texnologiyalari sohasidagi bir qancha tadbirlarni o‘zida birlashtirgan mazkur yarmarka IT sohasi mutaxassislari, kompaniyalari va ishtirokchilari o‘rtasida uchrashuv va tajriba almashish uchun muhim maydonga aylanadi. Unda sohadagi eng yirik kompaniyalarning bo‘sh ish o‘rinlari, ta’lim imkoniyatlari va boshqalar taqdim etiladi. Tadbir mehmonlarini: IT Park rezident kompaniyalari, xorijiy IT-kompaniyalar, bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar, ish beruvchilar bilan muloqot qilish, fikr almashish va ishga joylashish imkoniyati kutilmoqda.

Ikki kun davomida ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashishlari va IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qilish bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Xususan, tadbir davomida Microsoft qidiruv tizimini optimallashtirish boʻlimi boshligʻi sifatida va Answers – dunyodagi eng yirik texnik hamjamiyatini boshqarishda katta tajribaga ega boʻlgan Oʻzbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov “IT’da karyera qilish va uning istiqbollari” mavzusida oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashadi.

AQSHning Kaliforniya shtatidan GVantage Group bosh direktori va asoschisi, shuningdek, Certipro Infotech asoschisi Ali Gazanfe ham tadbir dasturida ishtirok etishi kutilmoqda. U sertifikatlashtirishning ahamiyati va nima uchun chet elda yuqori maoshli ishga joylashish kaliti ekanligi haqida gapirib beradi.

IT Park Job Fest uchun roʻyxatdan oʻtish uchun havola bu yerda.
__

IT Park Job Fest doirasida 10-iyun kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Edufest ochiq eshiklari kunlari bo‘lib o‘tadi.

“Edufest” maqsadi – tashrif buyuruvchilar IT sohasidagi taʼlim imkoniyatlari haqida bilib olishlari va o‘zlariga mos kursni tanlashlari uchun barcha IT kurslarini bir joyda jamlashdan iborat.

Edu-fest – bu:

•        IT sohasiga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim muassasalari va o‘quv markazlari bilan tanishishingiz mumkin bo‘lgan o‘quv ko‘rgazmalari;

•        karyera: IT sohasida karyera imkoniyatlari boʻyicha ekspert maslahatlarini olish, sohadagi turli rollarni oʻrganish va mehnat bozori talablarini oʻrganish imkoniyati;

•        stipendiyalar haqida maʼlumot: tashrif buyuruvchilarga taʼlim hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan mavjud stipendiyalar va moliyaviy yordam dasturlari haqida maʼlumot beriladi;

•        hamfikrlar, potensial mentorlar va soha vakillari bilan muloqot. 

Edufest uchun ro‘yxatdan o‘tish bu yerda mavjud
__

Shu kuni, 10-iyun kuni, lekin soat 16:00 dan keyin startaplar olamiga qiziqqan barcha uchun Startap Battle bo‘lib o‘tadi.

Startup Battle — kunning asosiy tadbiri bo‘lib, unda IT Park jamoasi tomonidan eng yaxshi 30 ta jamoa tanlab olinadi va o‘z startapini taqdim etib Lissabonda bo‘lib o‘tadigan veb-sammitda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 

G‘oliblar tadbir homiylari tomonidan quyidagi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar:

•        Birinchi oʻrin: Lissabondagi Web Summit’ga sayohat + C-Space kovorking markazi uchun 12 million soʻm;

•        Ikkinchi o‘rin: C-Space kovorking markazi uchun 10 million;

•        Uchinchi o'rin: C-Space kovorking markazi uchun 8 million.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

IT Park Job Fest yaxshi ish topish va potensial ish beruvchilar bilan bog‘lanish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida siz o‘z mahoratingizni namoyish etishingiz va mehnat bozorining hozirgi talablari bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi. Ish beruvchilar bilan uchrashish va aynan siz uchun bo‘lishi mumkin bo'lgan bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

2023-06-06