IT Park va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki moliyaviy savodxonlik sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzoladilar.
Hujjat moliyaviy ta’limni rivojlantirish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Ikki tashkilotning birgalikdagi sa’y-harakatlari mamlakat yoshlari va aholisining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Shunday qilib, kelishuv doirasida raqamli texnologiyalar hamda xizmatlardan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha onlayn taʼlim materiallarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taʼlim dasturlari va loyihalari ishlab chiqiladi.
Shuningdek, IT Park va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rtasida moliyaviy savodxonlik masalalari bo‘yicha qo‘shma taʼlim kurslari, vebinarlar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazishga kelishib olindi.
2023-01-25