IT Park va “Meros” mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun joriy yilning 2-avgust kuni boshlanishi ko‘zda tutilgan dasturlash bo‘yicha treningni ishga tushirdi. Dasturlash bo‘yicha trening doimo bozorda katta talabga ega bo‘ladigan IT sohasini mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga o‘rgatishga qaratilgan.
Xususan, tarbiyalanuvchilarga professional o‘qituvchilar tomonidan tahlil nazariyasi, ma’lumotlarni qayta ishlash, mashinaviy o‘rganish, veb-dasturlash va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar o‘tkaziladi.
O‘quv dasturi 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy va amaliy bloklar asosida tuziladi. Shu bilan birga, kurs maksimal darajada amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, jamgʻarma har bir bolaga o‘zi uchun qulay bo‘lgan nazariy bazani tanlashga, shuningdek uni amalda qo‘llab ko‘rishga imkon beradigan yangi formatni taqdim etadi. Ushbu format bolalarda analitik fikrlash qobiliyatini takomillashtirishga yordam beradi.
Kurslarga kelgusi oyda start beriladi. Darslar 2-14-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Xo‘jayli shahrida joylashgan “Mehribonlik-1” bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishadi.
Bu bizning ilk treninglarimizdan biri, ammo so‘nggisi emas. Yaqin kunlarda ushbu tashabbusni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham keng joriy qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Yozgi maktab sharoiti bilan tarbiyalanuvchilar nafaqat dasturlarni o‘zlashtirishlari, balki o‘z portfoliolarini yig‘ishlari, rezyume tuzishlari hamda keyinchalik ishga joylashishlari mumkin.
“Meros” haqida ma’lumot
Jamg‘arma faoliyati ijtimoiy sohalarni (ta’lim, fan, san’at va boshqa) rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va kengaytirishga qaratilgan. Jamg‘armaning asosiy tashabbuslari va vazifalari quyidagilardan iborat:
- yashil shaharlar yaratish;
- fuqarolik jamiyatini rivojlantirish;
- biologik xilma-xillikni ta’minlash va ekoturizm;
- yashil biznes.
2021-07-30