IT Park Cambridge International University bilan birgalikda Millat Umidi jamg‘armasi ko‘magida 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar uchun xakaton tashkil etadi. Sovrin jamgʻarmasi 100 million soʻmni tashkil qiladi.
Xakaton – bu vaqt cheklangan musobaqa, unda jamoalar mahsulot prototipini yoki startap-loyihasini yaratishlari kerak. Xakaton yoʻnalishi – har qanday IT-yechim.
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagilar lozim:
• roʻyxatdan oʻtish;
• 3 dan 5 kishigacha boʻlgan jamoani toʻplash;
• 72 soat ichida IT-yechimi uchun MVPʼni ishlab chiqish.
Har bir jamoa aʼzosi alohida roʻyxatdan oʻtishi kerak.
Xakatonda ishtirok etish – yosh mutaxassislarga mentorlik yordami, startap-loyihaning taqdimot va ishlab chiqarish ko‘nikmalari, yangi tanishlar va hamfikrlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish imkonini beradi.
Bundan tashqari, bu yosh mutaxassis uchun oʻz netvorkingini rivojlantirish va kelajakda, ehtimol, amaliyot oʻtashi yoki IT-kompaniyaning aʼzosi boʻlishi uchun yaxshi imkoniyat.
Xakaton 3-5–iyun kunlari Cambridge International Universityʼda bo‘lib o‘tadi. Arizalar 31-mayga qadar qabul qilinadi.
Quyidagi veb-sayt orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
http://ciu-hackathon.uz .
2022-05-11