Oʻzbekiston IT Park vakillari 3-6 iyun kunlari boʻlib oʻtgan “Customer Contact Week 2024” forumida ishtirok etib, dunyoning taniqli kompaniyalari bilan samarali muzokaralar olib bordilar.
Customer Contact Week (CCW) — bu mijozlar tajribasiga bag'ishlangan global tadbir. Forum biznesda keyingi bosqichga chiqish uchun eng so'nggi yutuqlar, texnika va vositalarni izlayotgan mijozlar bilan aloqa qilish sohasidagi mutaxassislar uchun yirik ommaviy tadbir xisoblanadi .
Forumda “Arise Virtual Solutions”, “Alorica, Transcom”, “TTEC”, “Sellence”, “Nutun”, “Premier BPO”, “Intelcia”, “IGT Solutions”, “Startek”, “Corporate Advisory Solutions”, “Acquire BPO”, “Xira”, “Sanas”, “IA Solutions” va “Zingly” kabi dunyoning taniqli kompaniyalar ishtirok etdi.
Muhokamalar potentsial hamkorlikni mustahkamlash va hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Mamlakatimizning usbu forumda ishtirok etishidan asosiy maqsadi IT Park O‘zbekistonning imkoniyatlari va takliflarini Autsorsing sohasida qaror qabul qiluvchi kompaniya rahbarlariga namoyish etishdan iborat edi.
Tadbir davomida chet el korxonalari va IT Park vakillari orsida faol muloqotlar bo'lib o'tdi, natijada istiqbolli aloqalar o'rnatildi va navbatdagi uchrashuvlar rejalashtirildi. Chet el kompaniyalari vakillari tomonidan O‘zbekiston bilan Autsorsing sohasida o‘zaro hamkorlik tashabbuslari va potentsial hamkorlikni o‘rganishga katta qiziqish bildirdi.
“RFA” va “Simplify VMS” kabi kompaniyalar bilan rejalashtirilgan uchrashuvlar kelgusi hamkorlikka qiziqish va istiqbollar ortib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu tadbir xorijiy hamkorlarning O‘zbekiston IT Parki haqidagi maʻlumotlarini oshirgan holda kelajakdagi biznes imkoniyatlar va ikkala tomon uchun manfaatli hamkorlikka yo‘l ochdi.
Forum IT Park O‘zbekiston uchun foydali platforma ekanligini isbotladi va uning faoliyatiga forum ishtirokchilari tomonidan eʼtirof va katta qiziqish uygʻotdi. Natijada, o‘ndan ortiq xalqaro kompaniyalar O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirishdi va ushbu yangi aloqalar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan potentsial hamkorlikni muhokama qilish uchun, mamlakatimizda mazkur yilning Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Event” forumida ishtirok etish istagini bildirishdi.
2024-06-06