9-dekabr kuni soat 19:00 da INHA universitetida “Qanday qilib startapga investitsiya jalb qilish mumkin?” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.
Tadbir spikeri shaxsiy samaradorlik boʻyicha murabbiy, biznes-ustoz, oʻquv kompaniyasi egasi va rahbari Nikolay Korjik boʻladi.
Sessiya davomida Nikolay biznesning qaysi bosqichida investitsiyalar kerakligini, investorlarni qayerdan qidirish kerakligini, shuningdek, qanday investorlar borligini va ular bilan qanday muzokaralar olib borishni soʻzlab beradi.
Bundan tashqari, spiker investor bilan uchrashuvga chiqayotganda qanday tayyorgarlik koʻrish muhimligi, “boʻsh qoʻl” bilan qolib ketmaslik uchun barchasini qanday tartibga solish va sarmoyani olgandan keyin investor bilan qanday ishlash kerakligi haqida tajriba almashadi.
Tadbir rus tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan.
Sessiyaga 9-dekabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSck0-IJeoj7fhsS_MEI8boOYiZElTBn1bThE7oH-Z3rl-uGmA/viewform
Nikolay Korjik – Grow Up Center asoschisi, egasi va direktori. U treninglar va seminarlarni tashkillashtirish va o‘tkazish, o‘quv kompaniyasini boshqarish bo‘yicha 10 yillik tajribaga, shuningdek, 8 yillik murabbiylik tajribasiga ega.
Nikolay kompaniya direktori va murabbiy sifatida 23 ta yetakchilik dasturini oʻtkazgan.
Bundan tashqari:
● Praga, Milan, Myunxen, Varshava, Toshkentda murabbiy va spiker sifatida tadbirlar oʻtkazgan;
● kurator va murabbiy sifatida biznesni ishga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha 6 haftalik kursning 20 ta oqimini o‘tkazdi;
● Yevropa Ittifoqida rus tilidagi №1 trening kompaniyasini tashkil etdi;
● 1400 dan ortiq trening bitiruvchilari, 8000 dan ortiq seminar, master-klass va shaxsiy sessiyalarning ishtirokchilari.
2022-12-05