IT Park rezidenti “AMC Bridge” Toshkentda oʻz ofisini ochmoqda

IT Park rezidenti, avtomatlashtirilgan loyihalash, qurilish va ishlab chiqarish tizimlari uchun dasturiy taʼminotga ixtisoslashgan AMC Bridge global IT kompaniyasi zbekiston IT bozoriga kirib keldi. Hozir kompaniya hodimlarni ishga qabul qilishni boshladi va tez orada Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston, kompaniya rahbariyati ta’kidlaganidek, biznesni kengaytirish uchun navbatdagi joy sifatida tanlandi, chunki u istiqbolli va jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri deb tan olingan.

“AMC Bridge – bu doimiy oʻsish va rivojlanishni namoyon etadigan yigirma yildan ortiq tarixga ega boʻlgan dasturiy taʼminot yaratuvchi kompaniya. Endi biz yangi joyda – biz salmoqli salohiyatni ko‘rayotgan O‘zbekistonda ish boshlaganimizdan xursandmiz. Ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo bozoriga kirish biz uchun ham, mahalliy IT-hamjamiyat uchun ham ko‘plab yangi imkoniyatlarni ochib beradi va birgalikda rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi” — dedi “AMC Bridge” prezidenti Igor Tsinman.

Kompaniyada taʼkidlanganidek, asosiy jamoa hozirdanoq Toshkentda tashkil etilmoqda. “AMC Bridge” kompaniyasining O‘zbekistondagi boshqaruvchi direktori lavozimini Oʻzbekiston texnologiya sohasida katta tajribaga ega boʻlgan Abbos Zayniddinov egalladi. U mahalliy va xalqaro kompaniyalarda shu kabi lavozimlarda ishlab, murakkab transformatsion IT-loyihalarda yetakchilik qilgan va ularni boshqargan.

AMC Bridge haqida

1999-yildan beri oʻz mijozlari uchun raqamli transformatsiyani taʼminlaydigan global dasturiy taʼminot konsalting kompaniyasi. “AMC Bridge” muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sanoatiga xizmat koʻrsatadi. Kompaniyaning innovatsion yechimlari qurilish, mashinasozlik, samolyotsozlik, arxitektura va robototexnika sohalarida qo‘llaniladi.

Kompaniyaning shtab-kvartirasi AQShda joylashgan. Shuningdek, “AMC Bridge” O‘zbekiston, Polsha, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va Yaponiyada taqdim etilgan. Kompaniyaning 800 ga yaqin xodimi masofaviy ravishda yoki uning ofislaridan turib ishlashi mumkin.

Kompaniya Financial Times versiyasi boʻyicha bir necha bor AQShning eng tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biri deb tan olingan va Software jurnaliAMC Bridgeni dunyodagi 500 ta eng katta dasturiy taʼminot va xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar roʻyxatiga kiritgan.

2022-12-16