IT Park rezidenti eksport hajmini oshirish rejalarini taqdim etdi

IT Parkʼning yangi rezidenti VEON AdTech kompaniyasining ofisida sunʼiy intellekt va Big Data yordamida reklama kompaniyalari samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekistondan kompleks xizmatlar va mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan yuqori texnologiyalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, VEON AdTech kompaniyasi bosh direktori Jorj Held va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

O‘tgan oy Toshkentda VEON AdTech shtab-kvartirasi ochildi: VEON kompaniyasi toʻliq VEON Group kompaniyasiga tegishli boʻlgan maxsus AdTech kompaniyasini tashkil etdi, u raqamli marketing xizmatlarini taqdim etadi va Guruh kompaniyalariga mahalliy va xalqaro bozorlarda reklama imkoniyatlaridan samarali foydalanishda yordam beradi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, VEON va Beeline Uzbekistan ko‘magida mamlakatda IT ixtisoslashuvini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirildi. Shu bilan birga, vazir Sherzod Shermatov IT sohasida mutaxassislarni tayyorlash va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish juda muhimligini taʼkidladi

Keyingi besh yil ichida VEON mamlakatda IT mutaxassislarini tayyorlashga va kasb-hunar ta’limiga koʻproq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Tashrif davomida VEON AdTech kompaniyasi va “Elektron hukumat” loyihalarini boshqarish Markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

2023-05-06