IT Park rezidenti “Genesis Innovation” o‘zining 3 yilligini nishonlaydi!

IT Park rezidenti “Genesis Innovation” IT kompaniyasi 3 yoshga to‘ldi. Bu vaqt ichida kompaniya yaxshi natijalarga erisha oldi. Hatto pandemiya davrida ham, kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishdi, hamkorlar, xodimlar va loyihalar sonini ko‘paytirdi. Kompaniya hisobida 100 dan ortiq ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan loyihalar mavjud.

“Genesis Innovation” — bu 2018-yilda tashkil etilgan innovatsion kompaniya. Kompaniya dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va IT yechimlarni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

“Genesis Innovation” kompaniyasining innovatsion yechimlari yetakchi tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari (Transport, madaniyat, ichki ishlar, moliya vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi va boshqalar) tomonidan foydalanilib kelmoqda.

Kompaniya biznes analitikasi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi:

- ehtiyojlarni aniqlash va tahlil qilish;

- biznes jarayonlarni tahlil qilish va modellashtirish;

- loyiha hujjatlarini ekpertizadan o‘tkazish;

- texnik hujjatlarni shakllantirish;

- IT sohasida konsalting;

- ishni oxiriga yetkazish;

- axborot xavfsizligi auditi;

- iOS va Android uchun ilova;

- OS Windows, Linux uchun dastur;

- ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish va ma’lumotlar bazasini boshqarish bo‘yicha xizmatlar;

- biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun apparat-dasturiy kompleks yechimlar.

Missiya - IT xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha dunyo miqyosidagi yetakchilardan biri bo‘lish. IT Park “Genesis Innovation” kompaniyasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi va kompaniyaga yuqori marralarni zabt etishi va maqsadlariga erishishini tilab qoladi!

2021-03-30