IT Park rezidenti ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga o’z mahsulotlarini Buyuk Britaniyada sotishga yordam berish uchun fulfilment-markazini ishga tushiradi

IT-Park rezidenti va Zip24 sho‘ba korxonasi DataSite Technology Farfill xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyada yangi fulfilment-markazini ishga tushirmoqda. Ushbu markazning asosiy maqsadi o‘zbekistonlik eksportchilarga Amazon va Ebay orqali Buyuk Britaniya bozoriga kirishda yordam berishdir.

Fulfilment — bu buyurtma berilgan paytdan boshlab uni qabul qilishgacha bo'lgan barcha bosqichlarni qamrab oladigan tadbirlar majmui bo’lib, u o’z ichiga tovarlarni saqlash, qadoqlash va jo'natishni oladi.

Yangi fulfilment markazi Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan. Zip24 va Farfill sherikchiligidagi “Fulfillment Partners” qo‘shma korxonasi rahbarlari materikdan Buyuk Britaniyaga, xususan, O‘zbekistondan yuklarni tez yetkazib berishni ta’minlash tarafdori. Ularning asosiy maqsadi mahalliy ishlab chiqarish kompaniyalariga tovarlarni saqlash, buyurtmalarni qabul qilish va ularni ustida ishlash, yig’ish va qadoqlash, mijozlardan to’lovlarni qabul qilish, shuningdek, jo'natish va qaytarib berish kabi barcha jarayonlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish orqali rivojlanishga yordam berishdir.

Agarda hamkorlik masalasiga yoki kelajakda Buyuk Britaniya bozoriga kirishga qiziqish bildirsangiz, so'rovnomani to'ldirishingizni so’raymiz: https://my.forms.app/form/61b34c9a0dcc8e38c7836601

Farfill ijara evaziga ombor maydonini taqdim etadi, bojxona rasmiyatchiligi, fulfilment va “oxirgi mil” yetkazib berishni ta’minlaydi, ya’ni Koventridagi ombordan xaridorlar tomonidan ko'rsatilgan manzilgacha. Xususan, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xavflarni baholash va jahon bozorida tovarlarni joylashtirishda qiyinchiliklarni aniqlashga yordam beradigan SoR (Seller of Record) xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Oddiy so'z bilan aytganda, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o'z mahsulotlarini Buyuk Britaniyaning Koventri shahriga yetkazib berishadi va Zip24 Farfill bilan birgalikda Buyuk Britaniyada tovarlarni saqlash, yig’ish va tarqatish bilan shug'ullanadi.

Zip24 o'zining innovatsion Shipox va Storfox dasturlari yordamida barcha kiruvchi va chiquvchi tovarlarni real vaqt rejimida kuzatib borishi, logistika jarayonlarini optimallashtirish, vaqtni tejash, xarajatlarni kamaytirish va har bir mijoz uchun xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi.

“Yaqin Sharqdagi uzoq muddatli hamkorimiz Farfill bilan sherikchilikda Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida fulfilment-markazi ochayapmiz. Birgalikda biz ko'pchilik, xususan, Yaqin Sharqda joylashgan kompaniyalar uchun Buyuk Britaniyaga tezkor yetkazmalarni ta'minlashga intilamiz. Bundan tashqari, bizning xizmatlarimiz Buyuk Britaniya bozoriga chiqmoqchi bo'lgan o'zbekistonlik eksportchilar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Bizning asosiy maqsadimiz Koventri (Buyuk Britaniya) orqali elektron tijorat buyurtmalarini bajarishda barcha fulfilment-tranzaktsiyalari uchun mas'uliyatni o'z zimmamizga olib, biznesning rivojlanishiga yordam berishdir. O‘zbekistonlik barcha eksportyor va tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini Britaniya bozorida sotishni taklif qilamiz”, — deydi Zip24 bosh direktori Muzaffar Qoraboyev.

Bundan tashqari, DataSite Technology kompaniyasi “O‘zbekiston pochtasi” bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi — buning doirasida kompaniya pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirish va optimallashtirishga yordam beradi. Modernizatsiya jarayonlari yakunlangach, “O‘zbekiston pochtasi” O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga Tovar va mahsulotlarni jo‘natishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 

Zip24 kompaniyasi haqida ma'lumot:

Zip24 — SaaS startapi bo'lib, uning asosiy maqsadi elektron tijorat biznes jarayonlarini boshqarish uchun dasturiy ta'minot taqdim etishdir. Shipox va Storfox bulutli takliflari orqali zip24 buyurtmalar va logistika tranzaktsiyalarini oldindan baholashda yordam beradi, kundalik chakana savdo, omborxona, jo'natish va buyurtmalarning bajarilishini oxirigacha kuzatib borish imkonini beradi. zip24 startapi Sturgeon Capital venchur fondi, shuningdek, Hayaat Group, Teqvisory va Robert Kay kabi Buyuk Britaniya va GCC mamlakatlari biznes farishtalari tomonidan dastlabki bosqichda 1,2 million dollar jalb qildi.

2021-12-14