IT Park rezidenti “Novalab Tech” navbatdagi “This is Go” bepul kursini ishga tushirmoqda

Joriy yilning 26-iyun kuni IT Park rezidenti “Novalab Tech” Inha universitetida dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlar uchun yangi “This is Go”  bepul oflayn kursining ilk kirish darsini tashkil etadi.

Bu kuni kurs tashkilotchilari barcha boshlang‘ich dasturchilarni bir joyga yig‘ib, yangi dasturlash dunyosini ochishga yordam beradigan Go-hamjamiyatini tashkil etadi.

“This is Go” kursining asosiy maqsadi - boshlang‘ich va tajribali Go dasturchilarini ushbu yo‘nalishda yanada rivojlantirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash uchun yagona jamoa tuzishdir. “Novalab Tech” kompaniyasining malakali dasturchilari hozirgi kunda eng ommabop dasturlash tillaridan biri Go asoslarini o‘rganishda sizga mutlaqo bepul yordam berishadi.

Trening har hafta Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida uch oy davomida oflayn rejimda bo‘lib o‘tadi va kurs ma’ruzachilari va spikerlari sifatida Junior Go Developer Bektosh Madaminov, Middle Go Developer Zafar Yo‘ldoshev va Middle Go Developer Izzatbek Po‘latovlar ishtirok etadi.

Sana: 2021-yil 26-iyun.

Kurs tartibi: har shanba.

Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti.

O‘tkazish tili: o‘zbek.

Muhim:

Mashg‘ulotlar uchun o‘z noutbukingiz bo‘lishi kerak.

Kursga havola orqali yoziling: https://cutt.ly/Cn7SYBk

Avvalroq, ushbu kompaniya mobil aloqani rivojlantirish asoslarini o‘rganish uchun “This is Flutter” kursini tashkil qilgan va “This is Go” yangi kursi ushbu kursning davomi hisoblanadi.

“This is Go” kanaliga havola: https://t.me/this_is_go

“Novalab Tech” kompaniyasi haqida:

Kompaniya dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, mobil ilovalar, bulutli xizmatlar va boshqa xizmatlarga ixtisoslashgan. Kompaniya sport sohasidagi loyihalarni, internet-do‘konlarni, davlat loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

2021-06-24