IT Park rezidenti “Step IT Academy” “ITEENS 2022” xakatonini o‘tkazadi!

IT Park rezidenti “Step IT Academy” 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dizayn va dasturlash bo‘yicha 2-yillik “ITEENS 2022” xakatonini tashkil qiladi.

 Xakatondan ko‘zlangan maqsad IT-sohasiga iqtidorli yoshlarni jalb etish va amaliy masalalarni yechish orqali innovatsion loyihalar yaratishdan iborat.

 Yosh toifalari boʻyicha xakaton yoʻnalishlari:

 10-11 yosh – 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, animatsiya;
 12-14 yosh – 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, WebDesign, dasturlash;
 15-16 yosh – 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, WebDesign, dasturlash.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha har bir yosh toifasi bo‘yicha 15 dan 50 kishigacha qabul qilinadi. Agar yoʻnalishga 15 dan kam odam roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, bu yoʻnalishdagi xakaton oʻtkazilmaydi.

 Xakatonda ishtirok etish shartlari:

 – ishtirokchilar dasturlash yoki dizaynga qiziqishlari kerak;
– ishtirokchi oʻz qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yoʻnalishni oʻzi tanlaydi. Bitta ishtirokchi bir nechta intizomlarda qatnasha olmaydi;
 – ishtirokchilarga berilgan mavzu bo‘yicha o‘z g‘oyasini oʻylab topish va amalga oshirish uchun 2 kun vaqt beriladi;
 – O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan barcha ishtirok etishi mumkin;
 – tanlovning barcha ishtirokchilari topshiriqlarni bajarish uchun barcha kerakli dasturlar bilan shaxsiy kompyuter/noutbukga ega boʻlishi kerak.

 Xakatonning sovrin jamgʻarmasi 17 500 000 soʻmni tashkil qiladi.

Muhim sanalar:

 - ro‘yxatdan oʻtishning yopilishi: 10-mart, soat 18:00;
- xakaton boshlanishi: 16-mart, soat 12:00;
 - xakaton yakuni va ishlarni qabul qilish: 18-mart, soat 12:00;
 - finalchilarni eʼlon qilish: 25-mart;
- finalchilarning ishlari taqdimoti va g‘oliblarni aniqlash: 27–29-mart;
 - natijalarni eʼlon qilish: 1-aprel.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: http://iteens.uz

 

2022-02-24