IT Park rezidentlari: 2020 yil natijalari

IT Park rezidentlari - bu dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, loyihalash va tatbiq etishga ixtisoslashgan IT xizmatlarini ko‘rsatadigan kompaniyalardir. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish bo‘yicha o‘quv markazlari ham IT Park rezidentlari hisoblanadi.

IT Park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5099-son Farmoniga binoan IT Park rezidentlari quyidagilarni tolashdan ozod etilgan:

Takidlash joizki, 2020 yilning noyabr oyidan boshlab yuridik shaxslardan faoliyat turlari boyicha arizalarni qabul qilish va IT Park rezidenti maqomini taqdim etishda qollanilib kelayotgan IFUTga bog'lanish bekor qilindi, hamda rezidentlarning amalga oshiradigan faoliyat turlari 4 dan 18 gacha kengaytirildi.

 

IT Park rezidentlarining xodimlari

IT kompaniyalar sonining o‘sishi va ularga taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar tufayli IT Park rezidentlarining xodimlar soni ham oshib bormoqda. 2017 yilda IT Park rezidentlari xodimlari umumiy soni 2 523 nafarni tashkil etdi. 2018 yilga kelib ushbu koʻrsatkich 3 045 nafarni tashkil etdi, 2019 yilda esa 4 584 nafarni tashkil qildi. 2020 yilning oxirida IT Park rezidentlari kompaniyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar soni 6 000 nafardan oshdi.

IT Park rezidentlari tomonidan bajarilgan xizmatlar hajmi

Taqdim qilingan, imtiyozlar va preferensiyalar tufayli xizmatlar hajmi va eksport hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. IT Park rezidentlari dunyo bozorlariga chiqib, o‘z xizmatlarini xorijiy kompaniyalarga ko'rsatib kelishmoqda.

Shunday qilib, 2017 yilda bajarilgan xizmatlar hajmi 179,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi, 2018 yilda 279,0 mlrd. soʻmni, 2019 yilda esa 529,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2020 yil yakuniga kora, ushbu korsatkich 191% ga osib 1,0 trln. somni tashkil etdi. 2021 yil yakuniga kelib IT Park rezidentlarining xizmatlar hajmi 1,3 trln.so’mni tashkil etilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 2017 yilda eksport hajmi 0,7 mln. dollarni, 2018 yilda esa 1,7 mln. dollarni, 2019 yilga kelib esa 6,2 mln. dollarni tashkil etdi hamda 2020 yil yakuniga ko’ra ushbu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 2,6 barobarga o’sib 16,4 mln.dollarni tashkil etdi. 2021 yilda IT Park rezidentlarining eksport hajmi 40,0 mln.dollarni tashkil etilishi kutilmoqda.

 

450 ta IT Park rezidentlaridan 62 ta kompaniyaning faoliyati eksportga yo’naltirildan hamda 20 ta IT Park rezidentlari o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazganidan keyin 2021 yil davomida dunyo bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda.

 

2021-03-29