IT Park rezidentlari uchun xorijiy kompaniyalarni rivojlantirish sohasida 15 yillik tajribaga ega mutaxassisdan vebinar!

2020-yil 18-noyabr kuni “How to successfully enter the US market. Review the breakthrough innovation of your company which will make you relevant on the market” mavzusida vebinar boʻlib oʻtadi.

Vebinar AQSh, Yevropa, Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo bozorlarida koʻp millionli daromad oqimini taʼminlovchi biznes, marketing va savdo strategiyasi sohasida uzoq yillik novatorlik faoliyatiga ega yuqori malakali rahbar, uning jamoasi, Eff Creative Group raqamli va isteʼmol mahsulotlarini yuritish ijodiy agentligi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Vebinarning maqsadi:

Oʻzbekiston IT firmalarining vakolatlari va imkoniyatlarini tahlil qilish va Amerika bozoriga kirish.

Maykl Mayzels xorijiy kompaniyalari va ularning AQSh bozoridagi mahsulotlar va xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha 15 yillik tajribaga ega mutaxassis. U mijozlarga oʻzlarining bozordagi individual ehtiyojlari, qobiliyatlari va mahalliy urf-odatlari asosida eng yaxshi yoʻnalishni aniqlash orqali AQSh va chet elda mahsulotlari va kompaniyalarini targʻib qilish va farqlashda yordam berishga ixtisoslashgan.

Maykl Mayzels yana nima bilan taniqli?

• MYM International Consultants LLC prezidenti;

• YevroOsiyo palatasi direktorlar kengashi aʼzosi;

• Shimoliy Yevropa, Yaponiya, barcha postsovet hududida aloqalar va mijozlar tarmogʻi;

• New York (Investment) Angelsʼdan foydalanish imkoniyatiga ega;

• CEO Smart.exe (software, web, applications, game development, programming, testing, graphic design, and video and audio production);

• Bloomberg, The New York Times, The Wall Street Journal, Forbesʼga hamkor kompaniya orqali kirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, rezident kompaniyalarning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida IT Park AQSh, Yevropa va Osiyo bozorlari uchun kompaniyalarni tayyorlash va chiqarishga ixtisoslashgan Amerika konsalting kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etadi.

Vebinar vaqti: 19: 00

Oʻtkazish tili: ingliz tili

Webinar faqat IT Park rezidentlar uchun! 

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd-6yBjGeIcUAUq0JIgIVgoXnmxmhjIrZITI-IFIGjDKq6cqA/viewform

 

2020-11-15