IT Park rezidentlarining eksport hajmi 4,4 barobarga oshdi

2022-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, tashqi bozorlarda xizmat ko‘rsatuvchi IT Park rezidentlari soni 203 tani tashkil etdi (taqqoslash uchun: oʻtgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish – 271 %).

IT Park rezidentlari tomonidan bajarilgan eksport hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 baravarga oshdi va 53,2 million dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, eksporting 88 foizi AQSh, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, MDH va BAAga toʻgʻri keladi. 2022-yilning oxiriga qadar eksport hajmi 100 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Bajarilgan xizmatlarhajmi – 2,3 trillion so‘mni tashkil etdi (taqqoslash uchun: oʻtgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish – 235%).

Joriy yilning birinchi yarm yilligida IT Park rezidentlari soni 747 ta kompaniyani tashkil etdi, bu otgan yilning mos davriga nisbatan 155 foizga osdi.

747 ta kompaniyadan:

  • 589 tasi Toshkent shahriga togri keladi;
  • 157 tasi viloyatlarda roʻyxatdan oʻtgan;
  • 134 ta kompaniya joriy yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan;
  • 94 ta kompaniya IT sohasida taʼlim xizmatlarini ko’rsatmoqda;
  • 107 ta xorijiy kompaniya.

Kompaniyalar faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha quyidagicha taqsimlandi:

  • dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;
  • maʼlumotlarni qayta ishlash;
  • biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • IT-taʼlim hamda axborot xizmatlarini eksport qilish.

Qayd etish joizki, birinchi yarim yillikda 249 ta kompaniyaga IT Park rezidenti maqomi taqdim etildi (o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish oʻsish surʼati -300%).

Shuningdek, 74 ta kompaniya rezident maqomidan mahrum qilindi, 110 ta kompaniyaga esa rezident maqomi berilishida rad etildi.

Bundan tashqari, taqdim etilayotgan imtiyozlar natijasida IT Park rezidentlari qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, mamlakatimizda IT-mutaxassislar sonini ko‘paytirmoqdalar. Shunday qilib, joriy yilning 2-choragi yakunida rezident kompaniyalarda 12 500 nafar xodim ish bilan taʼminlandi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qoshimcha ish o‘rinlari sonini 167 foizga oshirdi.

2022-08-10