IT Park rezidentlarining IT-xizmatlari hajmi 9 oy davomida 3,5 trillion so‘mdan oshdi!

IT Park rezident kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 9 oy davomida 3,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobar koʻp boʻlib, avvalgi natija 1,6 trillion soʻmni tashkil qilgan edi.

Taqdim etilgan IT xizmatlari turlari boʻyicha eng katta ulush dasturiy taʼminotni yaratishga toʻgʻri keldi. Maʼlumotlarni qayta ishlash, BPO va IT-taʼlimning ham ulushi katta boʻldi. IT-konsalting xizmatlar roʻyxatini yakunlab beradi:

  • DT ishlab chiqish – 2040,6 mlrd. so‘m;
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash – 1077,9 mlrd. so‘m;
  • BPO – 441,7 mlrd. so‘m;
  • IT-ta’lim – 60,4 mlrd. so‘m;
  • IT-konsalting – 6,2 mlrd. so‘m.

Eslatib o‘tamiz, IT Park rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar o‘z arizalari va biznes-rejasini elektron portal orqali quyidagi havola yordamida yuborishlari kerak: https://it-market.uz.

2022-11-29