IT Park startapi - "Micros24" loyihasi "Semurg VC" investitsiyalarini jalb qildi!

 "Micros24" IT Park akseleratsiya dasturining uchinchi to‘lqini ishtirokchisi "Semurg VC" venchur jamg‘armasidan 120 000 AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qildi.

"Micros24" – O‘zbekiston Respublikasi kichik biznes subyektlari uchun ishlab chiqilgan loyiha bo‘lib, u quyidagi funktsiyalarni o‘z ichiga oladi: elektron hujjat aylanishi, onlayn kassalar (onlayn KKM va virtual kassalar), kontragentlarni tekshirish xizmati, multibank va Respublikamizda kichik biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan boshqa imkoniyatlar.

Elektron hujjat aylanishi

O‘zbekiston Respublikasi kontragentlari o‘rtasida yuridik ahamiyatga ega hujjatlar, elektron hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari, elektron shartnomalar va tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar almashinuvi xizmati.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun API yordamida buxgalteriya hisobi tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyatlari amalga oshirildi, hujjat shablonlarini yaratish, kontragentlarni saqlash va elektron hujjat aylanishi bilan ishlashni soddalashtiradigan boshqa xususiyatlarga eda.

Onlayn KKM va virtual kassa

Hozirgi vaqtda "Sunmi P2 PRO" uskunalari asosida onlayn kassa apparatini sertifikatlash, shuningdek, dasturiy virtual kassa apparatini sertifikatlash jarayoni bo‘lib o‘tmaqda.

Multibank

Kompaniya turli banklardagi kompaniyalar hisoblari bilan ishlashning maxsus modulini ishlab chiqmoqda, bu xizmat foydalanuvchilariga turli banklardan yagona oynadan ko‘chirma olish, shuningdek to'lovlarni qulay shaklda yuborish imkonini beradi.

Kontragentlarni tekshirish

Kontragentni tekshirish xizmati joriy etilmoqda, uning yordamida foydalanuvchilar Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo'mitasi, adliya organlari va boshqa boshqarmalardan ma'lumot to‘plash orqali o‘z hamkorlarini farovonlik uchun tekshirishlari mumkin bo‘ladi.

Boshqa tizim imkoniyatlari

Shuningdek, yaqinda mobil ilovaning birinchi versiyasi chiqdi, uni havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=app.micros24.uz.  Foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun kontragentlarning o‘z ma’lumotlar bazasi mavjud, ya’ni foydalanuvchilarga kompaniya ma’lumotlarini doimiy ravishda to‘ldirish va eslab qolish shart emas.  Bundan tashqari, ishingizni soddalashtirish uchun boshqa ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Qabul qilingan investitsiyalarni loyihani ishlab chiqish va sotishga sarflash rejalashtirilgan. Kelgusida, turli banklardagi hisoblarni birlashtira oladigan va Internet bankni o‘rnini egallaydigan multibankli modul ham ishga tushiriladi.

"Micros24" loyihasi haqida batafsil: http://micros24.uz

Malumot uchun:

"Semurg VC" - xususiy investitsiya kompaniyasi bo‘lib, u MDH bozoriga yo‘naltirilgan venchur jamg‘armasi va texnologik startaplarni yaratadigan hamda miqyoslashtiradigan "Venture Builder"ni birlashtiradi.

"Semurg VC" haqida batafsil: https://semurg.vc/#about

2021-09-13