IT Park talabalar kubogi tanlovining ikkinchi to‘lqinini e’lon qiladi

Joriy yilning 25-oktabrdan boshlab IT Park tashabbusi bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qoshidagi inkubatsiya markazlari, IT Akademiyasi, Dubay Future Foundation tashkiloti, hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi ko‘magida talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan “Talabalar kubogi” musobaqasining ikkinchi to‘lqinida ishtirok etish uchun yigʻin tashkil etildi. 

Bu yilgi musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 20 ming dollarni tashkil qiladi. Yutilgan mablagʻ gʻolib va   sovrindorlarga IT bilan bogʻliq faoliyatning barcha sohalarida oʻz innovatsion loyihasini amalga oshirish imkonini beradi.

Musobaqada nimalar boʻladi?

IT Park tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan inkubatsiya markazlariga ega bo‘lgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirish, barcha kamchiliklarni hisobga olgan holda o‘zlarining MVPlarini puxtalik bilan ishlab chiqish va shu yilning dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan yakuniy taqdimotga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Butun tayyorgarlik jarayonida tanlov ishtirokchilariga axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasida tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar hamrohlik qiladilar, ular barcha qiziqtirgan savollarga javob beradilar va xatolarni tuzatishga yordam beradilar.

Tanlovda qaysi universitet talabalari qatnashishi mumkin?

Toshkent shahridagi Inha universiteti

Toshkent shahridagi Amiti universiteti

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti

Toshkentdagi Plexanov nomidagi RIU filiali

Toshkent moliya instituti

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Jahon diplomatiyasi va iqtisodiyot universiteti

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti

Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali

Andijon davlat tibbiyot instituti

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Jizzax davlat pedagogika instituti

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Guliston davlat universiteti

Muhim!  Har bir jamoaning a'zolaridan biri "One Million Uzbek Coders" onlayn kurslarini to'rtta yo'nalishlardan birida bitirgan bo'lishi kerak: ma'lumotlarni tahlil qilish, mobil dasturlash, frontend yoki fullstack dasturlash.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan 3 ta eng yaxshi loyiha quyidagi miqdorda pul mukofotiga ega bo‘ladi:

1-oʻrin – 10 000 dollar

2-o‘rin – 6 000 dollar

3-o‘rin – 4 000 dollar

Loyihani baholash mezonlari

- taklif etilayotgan startapning dolzarbligi;

- innovatsion va texnologik yoʻnalish, startap-loyiha gʻoyasining yangiligi;

- natijalarga erishish imkoniyatini baholash;

- zamonaviy bozorda ushbu mahsulot yoki xizmatga boʻlgan talabni baholash;

- loyihaning potensial raqobatbardosh afzalliklarini baholash;

- loyihaning investitsion jozibadorligi;

- Iqtisodiy samaradorlik.

Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

“Talabalar kubogi” tanlovida ishtirok etish uchun havolaga o‘ting va shaklni to‘ldiring: https://clck.ru/YRgYh

Ro'yxatdan oʻtish tugagandan soʻng, tanlov tashkilotchilari istiqbolli loyihalarni tanlab olishadi va tanlov natijalari shu yilning 22–25-noyabr kunlari e'’on qilinadi.

Muhim sanalar

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati — 7-noyabr.

Universitetlarda saralash bosqichi - 8–13-noyabr.

Tashqi ekspertlar tomonidan oldindan moderatsiya — 15–20-noyabr.

Musobaqa finali 11-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Talabalar kubogi startap tanlovi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun universitetingiz inkubatsiya markaziga murojaat qiling.

2021-10-25