IT Park tomonidan “SCO STUDENTS CUP” final bosqichi o‘tkaziladi

30-may kuni soat 10:00 da INHA universitetida “SCO STUDENTS CUP” xalqaro turnirining final bosqichiga start beriladi.

Tadbir IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi ko‘magida FRAG.GG kibersport portali bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Chempionat SHHTga aʼzo davlatlar talabalari oʻrtasida CS:GO va DOTA 2 yoʻnalishlari boʻyicha boʻlib oʻtadi. 

Musobaqa umumiy mukofot jamgʻarmasi – 200 000 000 soʻm (~$18 000).
 1-o‘rin – 50 000 000 so‘m
 2-o‘rin – 30 000 000  so‘m
 3 va 4-o‘rinlar har biri uchun 10 000 000 so‘mdan

Tadbirga kirish bepul.

2022-05-23