IT Park Toshkentda amaliyot dasturini taqdim etadi

IT Park talabalar va barcha xohlovchilarni turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyot dasturiga chorlamoqda. Amaliyotchilar o‘z sohasining tajribali mutaxassislari rahbarligida nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishlari mumkin.

IT Park – bu respublikamizda IT sohasini rivojlantirish hamda yoshlarning va mahalliy IT kompaniyalarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadigan yirik IT tashkilot hisoblanadi. Tashkilotda turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilimi va ko‘nikmalarini takomillashtirishga bel burgan mutaxassislardan tashkil topgan jamoa faoliyat koʻrsatadi.

IT Park quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyot dasturini taklif etadi:

- HR;

- mintaqaviy rivojlanish;

- IT ta’lim;

- Ingliz tilidan dars berish.

Asosiy talablar:

- o‘zbek va rus tillarida erkin gaplashish;

- ingliz tilini o‘qitish bo‘limi uchun ingliz tilini yuqori darajada bilish shart;

- kompyuter savodxonligi;

- tez muloqotga kirisha olish va mas’uliyatni his qilish.

Amaliyot 1 oydan 2 oygacha davom etadi va keyinchalik IT Park’ga rasmiy ravishda ishga joylashishingiz mumkin.

Amaliyot o‘tash istagidagilar arizani to‘ldirishi lozim: https://docs.google.com/forms/d/1kqZpV-OSglvEYjLy4TAOLM1arIAzVTR7BnDUj1yqqrU/edit

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!  O‘z orzuingizdagi kasbni egallashga yana bir qadam yaqinlashing!  Joylar soni cheklangan.

2021-07-16