Bishkek shahrida “Central Asia Startup CUP” forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir 1000 dan ortiq ekotizim ishtirokchilari, 100 ta startap hamda umumiy kapitali 2 milliard AQSh dollardan ziyod bo‘lgan 10 ta investitsiya fondlarini birlashtirdi.
Tadbirning birinchi kunida IT Park Uzbekistan rezidentlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Lazizbek Xudayev taqdimot bilan ishtirok etdi. U IT Park faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston startap ekotizimining rivojlanish dinamikasi, mavjud davlat qo‘llab-quvvatlash dasturlari va mamlakatning investitsiya salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘zbekiston: mahalliy yechimlardan global bozorlargacha
Taqdimot davomida IT Park Uzbekistan vakili quyidagi uch asosiy yo‘nalishga urg‘u berdi:
“Bugun O‘zbekiston — bu nafaqat mintaqaviy markaz, balki dadil g‘oyalarni keng miqyosda rivojlantirish uchun muhim platformadir. Rezidentlarimiz allaqachon davlat sektori, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalaridagi paradigmalarni o‘zgartirmoqda. Keyingi qadam — global bozorlariga chiqish bo‘lib, Central Asia Startup CUP buning uchun ajoyib imkoniyatga aylanadi,” — deya ta’kidladi Lazizbek Xudayev.
Forumda “IT Park Ventures” direktor o‘rinbosari Dalerxon Nodirov ham faol ishtirok etdi. U “Startap sanoatidagi global tendensiyalar” mavzusida o‘tkazilgan panel sessiyasida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni shakllantirish borasidagi tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, u startaplar va investorlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida tashkil etilgan “VC Speed Dating” sessiyasida qatnashdi va “Startup Battle” tanlovining final bosqichi hakamlar hay’ati tarkibiga kirdi. Tanlov g‘oliblari 10 000 AQSh dollari miqdoridagi grantlar hamda Silikon vodiysida akseleratsiya dasturida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
IT Park Uzbekistan’ning “Central Asia Startup CUP” forumidagi ishtiroki mamlakatning mintaqadagi innovatsion yetakchi sifatida tobora mustahkamlanayotgan o‘rnini yana bir bor tasdiqladi. Bunday xalqaro tashabbuslar Markaziy Osiyoning global texnologik makondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilib, startaplar va investorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
2025-05-05