IT Park Uzbekistan — BREEAM xalqaro ekologik sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi IT-hab

IT Park Uzbekistan nafaqat yetakchi texnologik klaster, balki O‘zbekistonda barqaror qurilishning peshqadami sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. IT Park bosh qarorgohi BREEAM (Building Research Establishment Environmental Assessment Method) xalqaro ekologik samaradorlik standarti bo‘yicha sertifikatlangan mamlakatdagi dastlabki obyektlardan biri bo‘ldi.

Bu nima uchun muhim?

BREEAM — binolarning ekologik barqarorligini baholashning yetakchi xalqaro usuli bo‘lib, u energiya samaradorligi, resurslardan oqilona foydalanish, qurilish materiallarini tanlash va atrof-muhitga ta’sirini hisobga oladi. Ushbu sertifikatning mavjudligi bino qat’iy xalqaro talablarga javob berishini va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shishini tasdiqlaydi.

IT Park Uzbekistan: texnologiyalar va barqaror rivojlanish uyg‘unligi

Strategik rivojlanish doirasida IT Park Uzbekistan energiya sarfini kamaytirish, hudud ekologiyasini yaxshilash va rezidentlar uchun qulay ish sharoitlarini yaratishga yordam beradigan innovatsion ekologik yechimlarni joriy etmoqda. 2023-yilda IT-habning ikkita ofis binosi “Very Good” reytingi bilan “BREEAM” sertifikatidan o‘tdi, bu esa energiya samaradorligi va ekologik xavfsizlikning yuqori darajasini tasdiqlaydi.

IT Park Uzbekistan’ning “BREEAM” sertifikati nafaqat xalqaro standartlarga muvofiqlikni tan olish, balki mas’uliyatli rivojlanish va barqaror o‘sish sari muhim qadamdir. “Yashil” texnologiyalarni qo‘llash quyidagilarga yordam beradi:

  • Energiya tejamkor yechimlar tufayli energiya tizimiga tushadigan yukni kamaytirish;
  • Resurslardan oqilona foydalanish orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
  • Kompleksning xalqaro hamkorlar uchun investitsion jozibadorligini oshirish.

 

IT Park Uzbekistan’da barqaror rivojlanish istiqboli

Ekologik toza qurilishga intilish — IT Park Uzbekistan rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. “BREEAM” sertifikatini olish IT Park majmuasining jahon standartlariga javob berishini va arxitektura hamda infratuzilmaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni davom ettirishini tasdiqlaydi.

“Yashil” IT-ekotizimlarni rivojlantirish nafaqat IT Park’ni innovatsiyalar uchun qulay maydonga aylantiradi, balki zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan barqaror shahar muhitini shakllantirishga ham hissa qo‘shadi.

2025-03-12