Xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish borasidagi muhim qadam doirasida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Gruziyaning yetakchi kompaniyasi hisoblangan “GameDev” assotsiatsiyasi vakillari bilan ushrashuv oʻtkazdi.
“GameDev” — Giorgiy Chkrunishvili boshchiligidagi Gruziyadagi yetakchi oʻyin ishlab chiquvchilar assotsiatsiyasi hisoblanadi. Assotsiatsiya oʻyin ishlab chiqishga ixtisoslashgan 11 ta kompaniya, shu jumladan oʻyin treylerlari uchun CGI (kompyuterda yaratilgan tasvir) yaratish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va bitta nashriyotni oʻz ichiga oladi.
Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston va Gruziya kompaniyalari oʻrtasida oʻyin sanoatidagi kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish iborat edi. Ikkala tomon ham oʻz mamlakatlarida sanoatni rivojlantirish uchun ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashishga qiziqish bildirishdi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston bozori orqali yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. “GameDev” assotsiatsiyasi vakillari “Zero Risk” dasturi va soliq imtiyozlariga, xususan, 7,5% stavkadagi daromad soligʻiga alohida qiziqish bildirishdi. Shuningdek, MDH, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi oʻyin ishlab chiqish sanoati vakillari uchun uchrashuv tashkil etish gʻoyasi ilgari surildi.
Gruziya kompaniyalari pastroq stavkadagi daromad soligʻidan foydalanish maqsadida oʻz xodimlarini Oʻzbekistonga koʻchirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, ular Oʻzbekistonda dizaynerlar, dasturchilar va kontent-menejerlarini ishga olishga qiziqish bildirishdi va mamlakat salohiyatini eʼtirof etgan holda, ushbu sohada mutaxassislarni oʻqitishga tayyor.
Uchrashuv yakunida “GameDev” assotsiatsiyasi vakillarining kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish uchun Oʻzbekistonga tashrifi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Mamlakatning ilgʻor, yosh kadrlar salohiyati ularda ulkan taassurot qoldirdi va bu kelajakda kompaniyaning mintaqaviy yetakchi sifatida oʻsishiga yordam berishi mumkin. Ushbu hamkorlik oʻyin sanoatida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin hamda yangi imkoniyatlar yaratish va isteʼdodlar almashinuvini rivojlantirish orqali ikkala mamlakatga ham foyda keltiradi.
2024-05-30