IT Park Uzbekistan hamkorlari Astana Hub va Draper University Hero Training dasturining ikkinchi kursiga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qildi

Hero Training dasturining ikkinchi kursiga qabul ochiq deb eʼlon qilindi. Startaplar uchun arizalar 6-avgustgacha qabul qilinadi. Dasturda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston va Gruziya startaplari ishtirok etishi mumkin.

Dastur ikki bosqichdan iborat:

  • Dastavval 80 ta loyiha ikki haftalik onlayn pre-akseleratsiya dasturi uchun tanlab olinadi;
  • Eng istiqbolli 15 ta kompaniya Kaliforniya shtatidagi Kremniy vodiysida oʻtkaziladigan oflayn treningga yoʻllanma oladilar.

Akseleratsiya tugagandan soʻng, startaplar Draper University infratuzilmasi va Kaliforniyadagi Markaziy Yevroosiyo texnologik startaplarining vakolatxonasi – Silkroad Innovation Hub’ga kirish imkoniga ega boʻladilar.

Hero Training – bu texnologiya kompaniyalariga global bozorga kirishga yordam berish uchun moʻljallangan eksklyuziv akseleratsiya dasturi. Dasturlarda ishtirok etish uchun faqat yuqori salohiyatga ega startaplar tanlab olinadi.

Arizani havola orqali topshirishingiz mumkin:https://astanahub.com/en/l/hero-training

2023-07-19