Toshkentda bo‘lib o‘tgan "INNOPROM Central Asia 2025" xalqaro ko‘rgazmasining uchinchi kuni doirasida IT Park Uzbekistan vakillari Rossiya kompaniyalari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar. Shuningdek, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov “Yangi O‘zbekiston: innovatsion tadbirkorlik va yosh mutaxassislar” forsayt sessiyasida “Yangi O‘zbekiston: IT sohasidagi yosh iste’dodlar istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga, Rossiya va O‘zbekistonning yosh mutaxassislari hamda mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalarini birlashtirishga qaratildi.
Sessiyaga “INNOPROM Central Asia” dastur direktori Anton Atrashkin moderatorlik qildi. Forsayt sessiyasida quyidagilar ham so‘zga chiqdilar:
Abdulahad Kuchkarov o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“Bugungi kunda O‘zbekiston — bu ulkan maqsadlarga ega, raqobatbardosh yoshlari bilan ajralib turadigan mamlakatdir. Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash va xalqaro tajribaga ochiqlik bizga yosh mutaxassislar texnologik o‘zgarishlar va global raqamli transformatsiyaning drayveriga aylanadigan ekotizimni shakllantirish imkonini bermoqda.”
U O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi, yuqori malakali kadrlar va o‘zaro yordam, mas’uliyat, milliy an’analarga hurmat va ayollarning faol ishtiroki kabi kuchli qadriyatlar mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining barqaror o‘sishi uchun asos ekanligini ta’kidladi. O‘zbekistonning yosh mutaxassislari bugungi kunda IT, iqtisodiyot, moliya, arxitektura va dizayn kabi muhim sohalarda jahon miqyosida muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Ko‘rgazma doirasida IT Park vakillari Rossiya kompaniyalari bilan bir qator uchrashuvlar ham o‘tkazdilar.
“Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mintaqaviy markazi” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan hamkorlik istiqbollari hamda O‘zbekiston IT-kompaniyalarining Rossiya bozoriga chiqishi yuzasidan muzokaralar olib borildi.
“AVSoft” kompaniyasi vakillari qo‘shma korxona ochish va IT Park rezidentligiga ariza topshirish rejalari haqida ma’lum qilishdi.
IT Park vakillarining ko‘p sohalarda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi “NotaTech” kompaniyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida hamkorlik istiqbollari va kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlari muhokama etildi. Yirik biznes va davlat tashkilotlari uchun ilg‘or IT-yechimlar yaratish va rivojlantirishga ixtisoslashgan “NotaTech” vakillari IT Park faoliyatiga qiziqish bildirib, O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar.
IT Park’ning “INNOPROM Central Asia” ko‘rgazmasidagi dagi ishtiroki Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston bozori va uning kadrlar salohiyatiga bo‘lgan doimiy qiziqishini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu o‘rnatilgan aloqalar texnologik almashinuv, hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekiston IT-sohasiga investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
2025-05-01