IT Park va ERP4students'dan SAP oʻquv kurslari va sertifikatlash

Yangi narsalarni oʻrganishni orzu qilasizmi? Siz eng zamonaviy va talab yuqori boʻlgan kasbni egallab, nufuzli xalqaro tashkilotlarda ishlashni xohlaysizmi? Unda Germaniya’ning SAP oʻquv kurslari aynan siz uchun!

Scientech IT-Academy Brandenburg Amaliy fanlar universiteti (Germaniya) bilan hamkorlikda talabalar uchun o‘qituvchilar ko‘magida (erp4students) pulli eksklyuziv SAP elektron o‘quv kurslarini taklif etadi.

Erp4students loyihasi – talabalar uchun SAP yechimlari bilan ishlash boʻyicha talab qilinadigan koʻnikmalarga ega boʻlish va SAP yechimlari boʻyicha sertifikatlashga tayyorgarlik koʻrish imkoniyatidir.

SAP – bu har qanday yoʻnalishdagi biznesda haqiqiy yordamchi boʻlgan zamonaviy tizim hisoblanadi. SAP sertifikati sizning professional darajangizni sezilarli darajada oshirishga imkon beradi, butun dunyoda tan olinadi va shuning uchun uning mavjudligi muvaffaqiyatli karyera qilish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Kurslar 24 soat davomida mavjud boʻladi. Darslar gibrid formatda – onlayn va oflayn tarzda o‘tkaziladi. Darslar 2023-yil 1-iyundan boshlanib 4 oy davom etadi.

Kurs talabalari qanday afzalliklarga ega boʻlishadi?

  • moslashuvchan individual jadval;
  • alohida oʻqituvchilar bilan ishlash;
  • universitet krediti oʻrniga SAP sertifikati;
  • ish bilan taʼminlash.

Kurslarda ingliz tilini bilgan (minimal darajasi - IELTS 5.5-6) OTMlarning 3-4 kurs talabalari  tahsil olishlari mumkin.

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, IT Park oʻquv toʻlovlarining 50 foizini qoplaydi. Shuningdek, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikat olgan talabalar IT Park tomonidan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan dastur doirasida SAP sertifikatiga sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya pulini olishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, Basic va Professional kurslarni tamomlagan talabalar Germaniyadagi eng yirik kompaniyalarda masofadan turib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Erp4students quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarni taklif qiladi:

Asosiy daraja:

1. SAP S/4HANA yordamida korporativ resurslarni rejalashtirish

  • Buxgalteriya hisobi;
  • Moliyaviy hisobi;
  • Inventarizatsiyani boshqarish.

2. ABAP’ga kirish

  • Dasturlash

3. SAP BW/4HANA - Ma'lumotlar oqimi va biznes ob'ektlari hisoboti

  • Ma’lumotlar bazalari

Oʻrta daraja:

  1. SAP S/4HANA yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirish va ishlab chiqarishga kirish;
  2. Kengaytirilgan ABAP dasturlash;
  3. SAP Analytics Cloud (SAC) – tahlil, rejalashtirish va integratsiya.

Kurslarga roʻyxatdan oʻtish 22.05.2023-yilgacha quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/Ap1QpwnWLPxG1HhX9

Batafsil: http://erp4students.com

Qoʻshimcha savollar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998 99 834 29 27 ; +998 90 026 59 55

2023-04-27