IT Park va EXHT: “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi.

IT Park, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) loyiha koordinatori bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyihaning maqsadi axborot texnologiyalari va raqamlashtirishni, xususan, ochiq ma’lumotlarni boshqarish jarayonini rivojlantirish hamda takomillashtirishga ko‘maklashishdir.

Loyihani amalga oshirish davomida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘rsatilgan:

- vazirlik va idoralarning 120 dan ziyod xodimlari uchun ochiq ma’lumotlar bo’yicha treninglar tashkil etish;

- “One Million Uzbek Coders” milliy loyihasi doirasida “Ochiq ma’lumotlar va ma’lumotlar tahlili” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha maktablarida “Informatika” fanidan 400 nafar o‘qituvchilar uchun treninglarni tashkil etishga ko‘maklashish;

- 2020 yil dekabr oyi Toshkent shahrida mazkur loyiha doirasida tayyorlangan o‘qituvchilar va o‘rta maktab katta sinflari ishtirokida ochiq Xakaton tashkil etish.

Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, ushbu loyiha doirasida 2020-yil oxirida har yili o‘tkaziladigan xakatonda ishtirok etish uchun 120 nafar davlat amaldorlari, 400 ta maktab o‘qituvchilari  va 10 ta maktab jamoasiga mazkur loyiha doirasida ta’lim beriladi.

2020-08-28