IT Park va GDG Tashkent’dan Hackathon:Build Devfest app!

IT Park, с GDG Tashkent bilan hamkorlikda ilk Android xakatonini mamnuniyat bilan e’lon qiladi: “DevFest App Hackathon” onlayn formatda o‘tkaziladi.

DevFests — bu butun dunyoda Google dasturchilari guruhi tomonidan boshqariladigan dasturchilar jamoasi uchun mo‘ljallangan tadbir. GDG, Google texnologiyalarini o‘rganish va uyushmalar tuzishga yo‘naltirilgan.

DevFests Android, Firebase, Google Cloud Platform, Google Assistant, Flutter, TensorFlow bilan kompyuterni o‘rganish va mobil internet kabi bir nechta mahsulotlarni qamrab oladi. Xakaton doirasida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 23-sentyabrigacha qabul qilinadi. Xakaton 2020-yil 24-sentyabrida start oladi. Ishlarni bajarish va topshirish muddati – 2020-yil 2-oktyabrigacha. IT Park va GDG Tashkent jamiyatimizga foyda keltiradigan eng amaliy, ijodiy va chiroyli ilovalarni ko‘rishni maqsad qilib olishgan.

Tadbir tashkilotchilari O‘zbekistonda yirik IT jamiyatini yaratish va qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda.
Sovrinlar:

1-o‘rin: Amazfit GTS Smart Watch;
2-o‘rin: 1-avlod Google Home Mini;
3-o‘rin: Xiaomi Mi Band 5.

Baholash mezonlari:

- Kod sifati - taqdim etilgan kod bazasi Android tavsiyalari va umumiy dizayn shablonlariga qanchalik mos keladi. Ish shuningdek, SOLID, KISS va boshqalar kabi umumiy Android standartlari va kodlash bo‘yicha baholanadi.;

UI/UX - sizning ilovangiz qay darajada yaxshi UI/UX dizayniga ega. Maksimal ballni olish uchun Material Design’dan foydalanishni va UX’ni takomillashtirish zarur bo‘lganda maqbul animatsiyani qo‘llashni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, UI/UX ning boshqa asosiy standartlari ham ko‘rib chiqiladi;

Qanday ariza qoldirish mumkin?

- Kodni yangi GitHub loyihasiga yuklab oling; havola
- Readme faylini yangilang;
- Ushbu jildni kengaytiring;
- Izohda to‘liq ismingiz va Github URL qoldirish uchun so‘rov yuboring. Misol uchun: to‘liq ismi: Nuruddin URL manzil: https://github.com/gdgt Tashkent/GDG-DevFest-App-Hackathon/

Kimlar ariza toshirishi mumkin?
Har qanday talaba, universitet bitiruvchisi, kodni yaxshi ko‘radigan dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar jamoasi, o‘rta maktab bitiruvchilari, kollej bitiruvchilari va kodlashni yoqtiradigan istalgan kishi.
Qo'shimcha savol va muorajaatlaringizni Telegram guruhimizga berilgan havola orqali qoldirishingiz mumkin:

Hakamlar ro‘yxati:

Axrorxo‘ja Yodgorov - Super Dispatch’da mobil dasturchi
Sardor Islomov - Payme’da mobil dasturchi
Nuruddin Iminoxunov - PRO Unlimited @ Facebook’da mahsulotni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
Mamurjon Qodirov - dasturchi, bekend. “EPOS SYSTEMS” MCHJ ta’sischisi va direktori.”
Azizbek Bahodirov - UI / UX designer, Co fouder Udevs  

Batafsil ma’lumot: https://github.com/gdgtashkent/GDG-DevFest-App-Hackathon
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/H3naG5ZSQvHpoLiW9

2020-09-17