IT Park delegatsiyasi Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jahongir Radjabov boshchiligida “NCSoft Corporation” vakillari bilan vitse-prezident Chang Hyun Yong ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Muhokamaning asosiy mavzusi O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida GameDev sohasidagi potensial hamkorlik, jumladan tajriba almashish va kompaniyaning mamlakatimiz orqali yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari bo‘ldi.
1997-yilda asos solingan va Janubiy Koreyaning Pangyo, Sonnam shahrida joylashgan “NCSoft Corporation” “Lineage” va “Guild Wars” kabi ko‘p foydalanuvchili onlayn o‘yinlari bilan tanilgan video o‘yinlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi va nashriyotchisi hisoblanadi. Kompaniyada 4838 nafar xodim mehnat qiladi. 2000-yilda AQShda sho‘ba korxonasini ochgandan so‘ng, “NCSoft” Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya va Tayvanni qamrab olgan global tarmoqni shakllantirdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda “NCSoft” ofisini ochish istiqbollarini, shuningdek, “NCSoft Corporation” loyihalarini mahalliy IT-kompaniyalarga autsorsing qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘yin yaratish bo‘yicha qo‘shma xakatonlar o‘tkazish g‘oyasi ko‘rib chiqildi. Bu esa mamlakat GameDev sanoatining rivojlanishini rag‘batlantirishi va mazkur sohadagi mutaxassislarni tayyorlashga yordam berishi mumkin.
“NCSoft” O‘zbekistonga ofis tashkil etish uchun istiqbolli joy sifatida katta qiziqish bildirdi. Asosiy omillar qatorida kompaniya royalti solig‘ining nol stavkasi va IT Park tomonidan taqdim etilayotgan kompleks qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ta’kidladi. Uchrashuvda “NCSoft” vakillari O‘zbekiston taklif etayotgan imkoniyatlarni batafsil o‘rganish va mamlakatning IT-ekotizimini tadqiq qilish niyatida ekanliklarini aytdilar.
Kelgusida O‘zbekistonda GameDev sanoatining jadal rivojlanishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda “NCSoft” darajasidagi kompaniyaning ochilishi ilg‘or texnologiyalar va xalqaro tajribaga yo‘l ochadi, bu esa raqobatbardosh o‘yin sektorini shakllantirishga imkon beradi hamda yosh mutaxassislar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

2024-10-29