IT Park Ucell bilan hamkorlikda o‘z loyihalarini amalga tatbiq etish va to‘laqonli kompaniya darajasigacha rivojlantirish maqsadida bo‘lgan startaplar uchun akselerator tashkil etmoqda.
Akselerator startaplarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Ucell yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek O‘zbekistondagi ilg‘or tadbirkorlar tomonidan sohaviy ekspertiza;
Qo‘llab-quvvatlash sifatida Ucell tomonidan texnik baza;
Hamkorlik uchun keng tanlovlar;
Startap rivojlanishida yordamchi vazifasini o‘tovchi shaxsiy treker;
Va eng asosiysi - kuchli jamoatlar yordamida bebaho netvorking hamda mutlaqo bepul dasturlarga ega bo‘lasiz.
Akselerator dasturi quyidagilardan tashkil topgan:
1. Hamkorlik
Marketing va savdo-sotiqni rivojlantirishda yangi hamkorlarni jalb qilish. Hamkorlikning afzalligi - ekspertlar tomonidan ko‘mak, tajriba almashish, moliyaviy rag‘bat (grant), iste’molchini (buyurtmachi) tezroq topish, qimmatli maslahat hamda reputatsiyaga ega bo‘lishda. Shuningdek, bu kompaniyalarga innovatsiyalarni joriy etish imkonini beradi.
2. Ta’lim dasturi
Dastur o‘z ichiga mentor yordami, o‘quv manbalari, tadbirlar, ma’ruzalar, vorkshop va master-klaslardan foydalanishni olgan.
3. Texnik baza
Mahsulotni ishlab chiqish va test qilish uchun texnik manbalardan foydalanish hamda kovorking.
Akseleratorda ishtirok etish uchun jamoalar quyidagi tamoyillar bo‘yicha saralab olinadi:
g‘oyaning o‘ziga xosligi;
mahsulot afzalligi;
loyihani amalga tatbiq etishning yengilligi;
guruh ishtirokchilarining zarur kasbiy mahoratga egaligi.
Akseleratsiya dasturi 2 oy davom etadi. Mazkur muddat davomida DemoDay (Demo Day - bu o‘z loyihasini amalga oshirish va rivojlantirishning ikki oylik muddatidan so‘ng startaplar uni maxsus komissiya oldida taqdim etadigan X kun, buning natijasida loyiha bilan kelgusidagi hamkorlik qilish masalasi belgilanadi) o‘tkaziladi.
Akselerator ekspertlari:
Akmal Salihov - “VRonica” kompaniyasi asoschisi;
Pak Nadejda - “COSCOM” MCHJ biznes loyihalari bilan ishlash boshqarmasi eksperti;
Rustam Hamdamov - “BIILZ” kompaniyasi rahbari. Avval Ucell’da B2C mahsulotlarini ishlab chiqish seksiyasi menejeri bo‘lib ishlagan;
Hikmat Abdurahmonov - O‘zbekiston-Xitoy savdo uyi vakolatxonasi rahbari;
Akmal Payziyev - “MyTaxi” kompaniyasi rahbari;
Aziz Rahimov - O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi ta’sischilaridan biri;
Usmon Rahimjonov - “Startap tashabbuslari” loyihasi koordinatori.
Akseleratorga ariza topshirish uchun havola orqali o‘ting: https://startup.ucell.uz/ru/form
Akselerator haqida batafsil ma’lumot uchun: https://startup.ucell.uz/ru
2020-09-10