IT Park va UNICEF tomonidan qizlar uchun “Skills4Girls” trening dasturi ishga tushirildi

IT Park UNICEF bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Termiz va Toshkent shaharlarida 12-18 yosh oralig‘idagi barcha qizlar uchun raqamli savodxonlik va grafik dizayn bo‘yicha “Skills4Girls” nomli bepul o‘quv dasturini ishga tushirdi.

Loyihaning asosiy maqsadi qizlarni inklyuzivlik tamoyili asosida axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish, shuningdek, ularning o‘z qobiliyat va imkoniyatlariga ishonchini oshirishdan iborat. Dastur qizlarga IT sohasidagi asosiy ko‘nikmalarni berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu ularga kelajakda ishga joylashish yoki frilanser sifatida ishlash imkoniyatini beradi.

Loyihaning davomiyligi 6 oy - iyundan noyabrgacha. Raqamli savodxonlik kursi Microsoft Office, Web texnologiyalari (HTML va CSS) va Scratch asoslarini, grafik dizayn uchun - Photoshop va Corel Draw dasturlari bilan ishlashni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilariga mentorlik yordami beriladi.

Dasturda qatnashish uchun quyidagi havola bo‘ylab ro‘yxatdan o‘ting:

https://docs.google.com/forms/d/1QGsX8N6JsWMg1I2-wtmpgbNLg_zDN1SiLpC32ad-qQk/edit .

Arizalar 15-iyulgacha qabul qilinadi.

2022-07-08