IT Park Ventures Ozarbayjon va AQSh startaplariga $400 000 investitsiya kiritdi

IT Park Ventures ikki texnologik startap — Push 30 va Clarity Flo (Fleetmule)ga $400 000 miqdorida investitsiya kiritganini e’lon qildi. Mazkur investitsiyalar korporativ wellness, HR-tech yo‘nalishlari va sun’iy intellekt asosidagi shartnoma jarayonlarini avtomatlashtirishni rivojlantirishga, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro texnologik ekotizimlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Push 30 (Ozarbayjon) — $300 000 IT Park Ventures’dan

Push30 — korporativ wellness-platforma bo‘lib, xodimlarga yagona raqamli obuna orqali sport va wellness maskanlariga moslashuvchan kirish imkonini beradi. Ushbu yechim kompaniyalarga ko‘plab alohida shartnomalar tuzmasdan keng turdagi fitness xizmatlarini taqdim etish, xodimlarga esa ular uchun qulay bo‘lgan faoliyat turlarini mustaqil tanlash imkonini yaratadi.

Push30’ning tijoriy faoliyati 2022 yilda Ozarbayjonda boshlandi. Muvaffaqiyatli joriy etilgach, loyiha O‘zbekiston va Qozog‘iston bozorlariga chiqdi hamda barqaror ekotizimni shakllantirdi:

– o‘n minglab faol foydalanuvchilar;

– yuzlab korporativ mijozlar;

– keng hamkorlik tarmog‘iga ega sport obyektlari.

Moslashuvchan byudjetlashuv modellari Push30’ni ish beruvchilar uchun moliyaviy jihatdan samarali vositaga aylantiradi, mobil ilova esa xodimlar orasida muntazam jismoniy faollik madaniyatini rivojlantirish va kompaniyalarda well-being tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

2025-yil dekabr oyida IT Park Ventures Push30 loyihasiga $300 000 investitsiya kiritdi. Ushbu investitsiya loyiha rivojini O‘zbekistonda qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy Yevrosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi. Mazkur sarmoya mintaqaviy va xalqaro hamkorlarni birlashtirgan joriy investitsiya raundining bir qismi hisoblanadi.

White Hill Capital avvalroq $300 000 investitsiya kiritganini e’lon qilgan edi

Yaquin yillarda Push30 Saudiya Arabistoni va BAA bozorlariga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — bu yo‘nalishlar korporativ wellness va raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi eng tez rivojlanayotgan bozorlardan hisoblanadi. Sinovdan o‘tgan modeli, mintaqaviy mavjudligi va kuchli texnologik ekspertizasi tufayli kompaniya HR-tech, wellness va korporativ farovonlik dasturlari kesishgan nuqtada barqaror pozitsiyani shakllantirmoqda.

Clarity Flo (Fleetmule loyihasi) (AQSH) — IT Park Ventures tomonidan $100 000 investitsiya

Clarity Flo (Fleetmule loyihasi) — AQSHdagi kichik va o‘rta yuk tashuvchilar uchun xavfsizlik va DOT standartlariga moslik (Safety & DOT Compliance) bo‘yicha to‘liq xizmat ko‘rsatadigan keyingi avlod sun’iy intellekt platformasidir. Ushbu yechim ichki compliance bo‘limiga ega bo‘lmagan va tashqi konsultantlarga tayanadigan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xavfsizlik va regulyator talablarini uzluksiz boshqaradigan yakka AI-platformani taklif qiladi.

Platforma avtomatik ravishda:

– xavfsizlik ko‘rsatkichlarini kuzatadi va buzilishlarning oldini oladi;

– haydovchi malaka fayllarini (DQF) boshqaradi va yangilaydi;

– inspeksiya, texnik xizmat va compliance bo‘shliqlarini kuzatadi;

– kompaniyalarni auditlarga tayyorlaydi;

– jarimalar, faoliyatni to‘xtatish (out-of-service) va sug‘urta xarajatlari oshishi xavfini kamaytiradi.

AQSH transport compliance bozori yiliga o‘nlab milliard dollarlik hajmga ega. Kichik va o‘rta tashuvchilar uchun xavfsizlikni yetarli nazorat qilmaslik moliyaviy yo‘qotishlar va operatsion to‘xtashlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. DOT tomonidan so‘nggi yillarda kuchaytirilgan nazorat choralari ushbu ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda.

Clarity Flo (Fleetmule loyihasi) ushbu muammoni mavjud ish jarayonlariga oson integratsiya qilinadigan AI-platforma yordamida hal qiladi — bu esa joriy etish to‘siqlarini kamaytiradi va proaktiv, uzluksiz compliance nazoratini ta’minlaydi.

Kompaniya 2025 yilda AQSHda o‘zbekistonlik tadbirkorlar — Asror Arabjanov va Sardor Taylakov tomonidan asos solingan. Ular yirik Amerika texnologiya va transport kompaniyalarida to‘plangan chuqur texnik, yuridik va soha bo‘yicha tajribani birlashtiradi.

2025 yilda IT Park Ventures Clarity Flo (Fleetmule loyihasi)ga $100 000 investitsiya kiritdi. Bu startapning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va o‘zbekistonlik texnodiasporaning global innovatsion ekotizimdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hozirgi raundda Astana Hub Ventures, Silkroad Innovation Hub, Silkroad Angels Club va Akmal Payziev ham ishtirok etmoqda.

Investitsiya mahsulotni rivojlantirish, integratsiyalarni kengaytirish va jamoani oshirishga — jumladan, O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratishga — yo‘naltiriladi. Strategik fokus AQSH bozorida saqlanib qoladi, keyinchalik global transport avtomatlashtirish va xavfsizlik yechimlari bozoriga kengaytiriladi.

IT Park Ventures texnologik tashabbuslar va ekotizim rivoji yo‘nalishidagi faol qo‘llab-quvvatlovini davom ettiradi.

Push30 va Clarity Flo (Fleetmule loyihasi)ga qilingan investitsiyalar fondning global darajada raqobatbardosh kompaniyalar yaratayotgan o‘zbekistonlik asoschilarga, shuningdek Markaziy Yevroosiyo mamlakatlaridagi istiqbolli jamoalarga ko‘mak berish strategiyasini aks ettiradi. Ushbu loyihalar o‘zbekistonlik texnodiasporaning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlaydi, chegaralararo hamkorlikni kengaytiradi va O‘zbekistonning rivojlanayotgan innovatsion markaz sifatidagi pozitsiyasini kuchaytiradi.

Clarity Flo (Fleetmule loyihasi), AQSHda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan asos solingani bilan, mintaqamiz talanti yirik global bozorlarda ham muvaffaqiyatli raqobatlasha olishini ko‘rsatadi. Push30 esa Ozarbayjonda tashkil etilib, O‘zbekistonda faol rivojlanayotgani bilan mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini namoyish etadi va korporativ farovonlik hamda inson kapitali rivojiga hissa qo‘shadi.

Bu investitsiyalar IT Park Venturesning amaliy texnologik yechimlar yaratadigan, yangi ish o‘rinlari ochadigan, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlaydigan va O‘zbekiston innovatsion ekotizimining xalqaro ko‘rinishini kuchaytiradigan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan strategik yondashuvini yana bir bor tasdiqlaydi.

Fond portfelini kengaytirishda davom etadi va o‘sish hamda xalqaro ekspansiya salohiyatiga ega bo‘lgan texnologik mahsulotlar yaratadigan jamoalar bilan hamkorlikka ochiq.

IT Park Ventures texnologik tashabbuslarni va ekotizim loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatini davom ettiradi. 

Push 30 va Clarity Flo (Fleetmule) startaplariga kiritilgan investitsiyalar IT Park Ventures’ning biznes uchun amaliy yechimlar yaratadigan, raqamli transformatsiyani tezlashtiradigan va mintaqaviy innovatsion imkoniyatlarni kengaytiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilimini aks ettiradi.

Fond o‘z portfelini izchil kengaytirib boradi va rivojlanish hamda xalqaro miqyosda kengayish salohiyatiga ega texnologik mahsulotlar yaratadigan jamoalar bilan hamkorlikka ochiq.

2025-12-05