IT Park “World AI & Data Challenge” data xakaton doirasida vebinar tashkil qiladi

2021-yil 13-avgust kuni IT Park “World AI & Data Challenge” data xakaton doirasida vebinar tashkil etadi, unda mahalliy va xorijiy ma’ruzachilar data xakaton‘ning o‘zi haqida gapirib berishadi, bu yil O‘zbekistondan topshirilgan vazifalarni ham yoritib berishadi. Shu jumladan, AI & Data sohasida qanday instrumentlardan foydalanish mumkinligini aytib berishadi.

Shuningdek, vebinar doirasida siz bandlik, tibbiyot va qashshoqlik profilaktikasi vazifalari bilan tanishasiz.

Quyida spikerlar:

- Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti innovatsion markazining elektron sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i, sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim sohasi mutaxassisi Igor Vixrov;

- Toshkent shahridagi Inha universiteti professori, “AgriTech” “Amudario” startapi asoschisi, sun‘iy intellekt va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassis Sarvar Abdullaev;

- BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi laboratoriyasining akseleratori rahbari, rivojlanish va innovatsiyalar sohasi mutaxassisi Adham Qo‘chqorov.

Vebinar ishtirokchilari spikerlarga “World AI & Data Challenge” data xakatoni va AI & Data sohasiga oid barcha savollarini berishlari hamda xakaton qoidalari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Sana: 13 -avgust 2021

Vaqt: 16:00

Ro‘yxatdan o‘tish
uchun havola: https://clck.ru/WiGrE

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 21-22 avgust kunlari IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi, BMTTD va ToshPMI bilan birgalikda, mukofot jamg‘armasi 5,5 million rubl bo‘lgan xalqaro musobaqa doirasida “World AI & Data Challenge 2021 World” axborot texnologiyalari sohasida data xakatonini o‘tkazadi.

Bu xakatonda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozogiston, Belarus, Moldova va Rossiya kabi MDH davlatlari ishtirok etadi.

Xakaton haqida batafsil: https://clck.ru/WQJkd
 





 

2021-08-09