IT Park xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun xarajatlarni qoplash dasturini ishga tushirdi

IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro IT-sertifikatni qo‘lga kiritishga oid xarajatlarni qoplash dasturini ishga tushirmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 310-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin.

Talablar:

1. it-istedod.uz elektron portalida ro‘yxatdan o'tish

2. Ushbu saytda onlayn ariza to‘ldirish

3. Kerakli hujjatlarni ilova qilish (shaxsni tasdiqlovchi hujjat, xarajat bo‘yicha kvitansiya qog‘ozi, IT-sertifikat nusxasi)

Agar ariza beruvchi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi / vasiylar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish lozim. Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni tekshirish jarayoni 5 ishchi kuni ichida amalga oshiriladi. 

5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va sertifikat tekshiriladi. Tekshiruv bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, jarayon sertifikat uni bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanmaguncha 30 kalendar kungacha davom etishi mumkin.

Kerakli hujjatlar:

• Ta’lim va xalqaro sertifikat olish xarajatlari kvitansiya qog‘ozi.

• Muddati 180 kundan oshmagan sertifikat (pdf formatida)

• Qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar “Aloqa bank”ning qaysi hisob raqamiga yoki filialiga o‘tkazilishi haqida ma’lumot

• Fuqarolik pasporti yoki ID-karta (agar mavjud bo‘lmasa, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, 3x4 o‘lchamdagi rangli fotosurat)

 Qaysi xalqaro sertifikatlar kompensatsiya huquqiga ega?

Roʻyxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: http://it-istedod.uz/uz/it-certificates

Kompensatsiya miqdori qay tarzda aniqlanadi?

1. Ariza beruvchining yoshiga qarab kompensatsiya miqdorini hisoblash:

Yosh

Qoʻshimcha toʻlov foizi

1.

14-18

15%

2.

19-25

10%

3.

25-30

5%

2. Ariza beruvchi tomonidan olingan sertifikat narxidan kelib chiqib, kompensatsiya miqdorini hisoblash:

Sertifikat narxi

Qoʻshimcha toʻlov foizi

1.

50 - 500$

10%

2.

500 - 1500$

15%

3.

1500 - 5000$

20%

3. Ariza beruvchi tomonidan olingan sertifikat darajasidan kelib chiqib, to'lanishi kerak bo'lgan miqdorni hisoblash:

Sertifikat darajasi

Qoʻshimcha toʻlov foizi

1.

Boshlangʻich

5%

2.

Oʻrta

10%

3.

Professional

15%

2022-04-08