IT Park Uzbekistan delegatsiyasi, biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jahongir Radjabov boshchiligida, Shanxay shahrida o‘tkazilgan “China International Import Expo” (CIIE) VII ko‘p tarmoqli ko‘rgazmasining “Made in Uzbekistan” pavilyonida mamlakatimiz IT-sektorini taqdim etdi.
“China International Import Expo” xalqaro miqyosda iqtisodiy integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish O‘zbekistonga o‘z IT-sohasining salohiyatini namoyish etish imkonini berdi, shuningdek, milliy mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashdi.
IT Park Uzbekistan stendida tadbir mehmonlari mamlakatimizda IT-biznesni yuritish uchun yaratilgan noyob sharoitlar bilan tanishdilar. IT Park rezidentlari uchun imtiyozlar, jumladan, soliq preferensiyalari va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, texnologik infratuzilma va startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar taqdim etildi.
Bundan tashqari, IT Park Uzbekistan delegatsiyasi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Xitoyning 4 ta yirik kompaniya va tashkilotlari bilan bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
CODA (China Overseas Development Association)
“CODA” vakillari bilan uchrashuv “China International Import Expo” doirasidagi “Made in Uzbekistan” pavilyonida bo‘lib o‘tdi. Bir nechta asosiy yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi:
“CODA” — Xitoy korxonalarining xorijdagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi, xalqaro aloqalar va investitsiyalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadigan Xitoy uyushmasidir.
Shanghai Alonsy
Dubay, Xitoy va Gonkongdagi istiqbolli startaplarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan “Shanghai Alonsy” bilan uchrashuv o‘tkazildi. IT Park jamoasi O‘zbekistonda startap ekotizimini jadal rivojlantirish va venchur investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni taqdim etdi, bu esa Xitoy kompaniyasining katta qiziqishini uyg‘otdi. “Shanghai Alonsy” vakillari O‘zbekistondagi istiqbolli startaplarga sarmoya kiritish va mahalliy startap ekotizimini birgalikda rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
“Shanghai Alonsy” — bu turli mamlakatlarda, jumladan, Dubay, Xitoy va Gonkongda startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi venchur investitsiyalari bilan shug‘ullanuvchi Xitoy kompaniyasidir.
Shanghai Lingshi Information Technology
IT Park delegatsiyasi “Shanghai Lingshi Information Technology” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kompaniya vakillari biznes yuritish uchun jozibador sharoitlar, shuningdek, IT-ishlab chiqish jarayonlarini autsorsing qilish uchun mahalliy kompaniyalar resurslarini jalb qilish imkoniyatlari tufayli O‘zbekistondan o‘z faoliyatini kengaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bozori salohiyatini o‘rganishga qiziqish bildirdilar.
“Shanghai Lingshi Information Technology” — musiqa va tillarni o‘z ichiga olgan turli fanlarni o‘qitish uchun platformalarni taklif etuvchi ta’lim markazlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisidir.
Joyowo GEO
Kompaniya ofisida autstaffing va ish haqi xizmatlariga ixtisoslashgan “Joyowo GEO” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Joyowo GEO” IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini olishga qiziqish bildirda va 2025-yil boshida ushbu qadamning barcha jihatlarini chuqur tahlil qilib, yakuniy qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda.
“Joyowo GEO” — xalqaro bozorda faol rivojlanayotgan autstaffing va ish haqini boshqarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya.
2024-11-08