Bepul IT Recruiting kursining ikkinchi toʻlqiniga arizalar qabuli allaqachon boshlandi. Kursni Rossiya va Sharqiy Yevropadagi yetakchi xedxanterlardan biri Alena Vladimirskaya va Oʻzbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov olib boradilar.
Dastur ishtirokchilari birinchi haftadan boshlab amaliy ishlarga kirisha boshlaydilar, yirik IT-kompaniyalardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirishni va soha mutaxassislari bilan suhbatlar oʻtkazishni oʻrganadilar.
IT Recruiting kursining afzalliklari:
Nomzodlar uchun talablar:
Nomzodlar oʻzlarining rezyumelari va kursga boʻlgan qiziqishlari va nima sababdan ushbu kurs ular uchun muhimligini batafsil bayon etuvchi xatni ilova qilgan holda ariza topshirishlari kerak. Shundan soʻng, Zoom orqali suhbat oʻtkaziladi va belgilangan tanlov mezonlariga javob beradigan nomzodlar oʻquv dasturiga qabul qilinadi.
Oʻqishni tugatgandan soʻng, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadilar, shuningdek, oyiga $700 dan boshlanadigan maosh bilan ishga joylashishlari mumkin boʻladi.
Dastur 19-noyabrda boshlanadi. Hujjatlar 16-noyabrga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://ittop.uz/
2023-11-08