23-may kuni Toshkentda IT Park koʻmagida Alyona Vladimirskaya (Rossiya va Sharqiy Yevropadagi xedxanterlar orasida yetakchi, “Yilning HR brendi” mukofoti sovrindori) va Shavkat Karimovdan (Oʻzbekiston IT Hamjamiyati rahbari, jahon darajasidagi IT-professional) IT-rekruting kursiga start berilmoqda.
Kursning o‘ziga xosligi shundaki, ishtirokchilar yirik IT-kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari bilan malaka almashishadi va yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar $700 miqdoridagi maoshli ishga joylashadilar!
Ishtirokchilar kursning boshlanishi bilanoq amaliyotga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan: IT-mutaxassislarni tanlashning eng ilg‘or usullarini o‘rganish, bo‘sh ish o‘rinlari, mijozlar va nomzodlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oʻrganish, rekruterning kuchli vositalarini o‘zlashtirish.
Darslar 2,5 oy davom etadi. Har bir guruhdagi ishtirokchilarning maksimal soni 15 kishidan iborat boʻladi. Birinchi guruh uchun noyob imkoniyat – mutlaqo bepul taʼlim!
Kurs talabalarini tanlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
Ariza beruvchilarga qoʻyiladigan talablar:
Arizalar 20-maygacha qabul qilinadi. Batafsil maʼlumot havola orqali: https://ittop.uz/
Shoshiling! Bugunoq muvaffaqiyatli karyera sari qadam qoʻying!
2023-05-10