IT sohasidagi karyerangizni shu yoz boshlang: IT karyerangizni boshlash uchun 3 ta eng yaxshi IT-dastur

Yoz — real loyihalarda birinchi tajriba orttirish, amaliyotchi mutaxassislar bilan muloqot qilish va orzu qilgan kasbingiz sari qadam tashlash uchun eng qulay payt. IT Park rezident kompaniyalari talabalarga bilimlarini ko‘nikmalarga, IT sohasiga qiziqishini esa karyeraga aylantirishga yordam beradigan amaliyot va ta’lim dasturlarini ishga tushirdi.

VENTION — Talabalar uchun yozgi amaliyot

📍 Shahar: Toshkent

📅 Muddati: 2025-yil iyun – avgust

👥 Maqsadli auditoriya: Oliy o‘quv yurtlari talabalari (3–4 kurslar)

🛠️ Format: Oflayn / gibrid

📝 Tavsif:

“Vention” kompaniyasi texnik va turdosh mutaxassisliklar talabalari uchun yozgi amaliyot dasturini ishga tushirdi. Ishtirokchilar murabbiylar rahbarligida .Net, Node.js, Frontend, QA, Java dasturlash jamoalarida real vazifalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanlovda ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilish, yumshoq ko‘nikmalar va umumiy muhandislik bilimlariga e’tibor qaratiladi.

🔗 https://join.ventionteams.com/job-openings?countries=5

Click — Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashuvlar, amaliyotlar va hakatonlar

📍 Shahar: Toshkent

📅 Muddati: 2025-yil may – avgust

👥 Maqsadli auditoriya: Talabalar, bitiruvchilar, juniorlar, IT sohasiga kirishni xohlovchilarning barchasi

🛠Format: Oflayn / onlayn

📌 Ta’lim uchrashuvlari:

“Click” kompaniyadagi turli yo‘nalishlarning qanday tashkil etilgani bilan tanishish va o‘z yo‘nalishini topishni istaganlar uchun har oylik uchrashuvlarga taklif etadi:

  • Click Data MeetUp 26-iyun
  • Click Product MeetUp 24-iyul
  • Click DevOps MeetUp 21-avgust

“Click” tadbirlariga ro‘yxatdan o‘tish va tafsilotlar quyidagi havolalar orqali mavjud: LinkedIn, Instagram

🎓 Yozgi amaliyotlar:

Butun yoz davomida HR, Data Analytics, Machine Learning, Product Analytics, Product Design, Law, PR, Finance, IT sohalarida o‘z kuchingizni sinab ko‘rish imkoniyati mavjud.

🔗 https://tashkent.hh.uz/employer/3807759#career

🤝 Hakatonlar:

“School 21” bilan hamkorlikda kompaniya talabalar va yosh mutaxassislar uchun yozgi hakatonlarni tashkil etadi. Bu ko‘nikmalaringizni oshirish va o‘zingizni ko‘rsatishning ajoyib usuli.

EPAM Systems — IT sohasida karyera boshlash uchun onlayn ta’lim va amaliyotlar

📍 Format: Onlayn

📅 Davri: Yil bo‘yi

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Talabalar va boshlang‘ich mutaxassislar

“EPAM Uzbekistan” kompaniyasida axborot texnologiyalari sohasida karyera qurmoqchi bo‘lgan talabalar va yosh mutaxassislar uchun bepul o‘quv dasturlari mavjud. Hozirda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlar taklif etilmoqda: Java, JavaScript va .NET tillarida avtomatlashtirilgan testlash (fundamentals va basic darajalari), dasturiy ta’minotni funksional testlash (shu jumladan amaliyot), bulutli texnologiyalar va DevOps (amaliyot va boshlang‘ich daraja doirasida), Java (fundamentals) da backend dasturlash.

Iyun oyi oxirida Data Analytics Engineering, shuningdek, Data Science dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida onlayn tarzda o‘tkaziladi va nazariy modullar, amaliy topshiriqlar hamda mentorlar ko‘magini o‘z ichiga oladi. O‘quv dasturi yakunida ishtirokchilar “EPAM” kompaniyasida karyeralarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“EPAM” nomzodlarni Junior lavozimlarida ishlashga bosqichma-bosqich tayyorlash tizimini ishlab chiqdi. Mazkur tizim zarur ko‘nikmalarni asta-sekin egallash va tegishli tajriba orttirish imkonini beradi: 

🔹 Boshlang‘ich daraja (Beginner/basic Training)

IT va ingliz tilida so‘zlashuv bo‘yicha asosiy bilimlarga ega nomzodlar uchun mos keladi. Bosqichning maqsadi bilimlarni tizimlashtirish va talabalarni chuqurroq o‘rganishga tayyorlashdir.

🔹 Ilg‘or daraja (Fundamentals Training)

Asosiy darajani tugatgan yoki yaxshi tayyorgarlikka ega nomzodlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu bosqichda talabalar tanlangan yo‘nalish bo‘yicha fundamental bilimlarni o‘zlashtiradilar. Ishtirok etish uchun texnik test va ingliz tili bo‘yicha testni topshirish kerak (daraja yo‘nalishga bog‘liq, minimal — B1). 

🔹Amaliy laboratoriyalar (Internship/Labs)

Yakuniy bosqich — real ishlab chiqarishga yaqin sharoitlarda loyihalar ustida ishlash. Ishtirokchilar karyera boshlash uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribaga ega bo‘ladilar va “EPAM Tashkent” ofisida Junior lavozimi uchun suhbatdan o‘tishlari mumkin. Kompaniya ishga joylashishni kafolatlamaydi, ammo laboratoriyani muvaffaqiyatli tugatish tijorat tajribasiga teng deb hisoblanadi — dastur bitiruvchilari majburiy ish tajribasiga ega bo‘lmasdan Junior lavozimiga ariza topshirishlari mumkin.  

“EPAM Campus” platformasida ariza topshirish va o‘zingizga mos dasturni tanlash mumkin.

IT-yozni qo‘ldan boy bermang

Bu yozni karyerangiz uchun hal qiluvchi mavsumga aylantiring. Amaliyot o‘tash, professional aloqalar o‘rnatish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va rezyumeingizda dastlabki yozuvlarni kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Stajirovkalar, intensiv kurslar, hakatonlar va mitaplar — bu shunchaki ta’lim emas, balki yangi karyerani boshlash, tanishuvlar, tajriba va portfolio to‘plash demakdir. 

2025-yil yozi — IT Park rezident kompaniyalari bilan IT sohasiga birinchi qadamni qo‘yish imkoniyatingiz.

2025-06-16