2022-yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi hamda IT Park tomonidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti, hamda, Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ITWomen.Uz loyihasining uchinchi to‘lqini bo‘lib o‘tadi.
Loyiha ayollarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – IT sohasida ayollar va qizlarni oʻqitish va ish bilan taʼminlashdan iborat.
Loyihaning uchinchi to‘lqini kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv kurslaridan iborat bo‘lib, 2 hafta davom etadi, 11-apreldan boshlab 28-aprelga qadar. Mashg‘ulotlar Respublikamizning barcha IT-Markazlarida haftasiga 3 marta oʻtkaziladi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab 205 ta IT-Markazlar faol ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, loyihaning birinchi bosqichida 2000 dan ortiq xotin-qizlar IT-Markazlarda onlayn va oflayn tarzda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususan, quyidagi sohalarda: kompyuter savodxonligi, mobil ilovalar va veb-saytlar dasturlash, veb-dizayn va psixologik tayyorgarlik.
2000 nafar talabadan 1228 nafar ishtirokchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi va 2-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
2021-yilda loyiha doirasidagi kurslarni jami 2330 nafar qiz tugatdi.
Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun menejer Kamilla Ahmedovaga murojaat qiling: +998 97 778 80 12.
2022-03-30