Jahon Banki missiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari

Jahon Banki va O‘zbekiston Respublikasi hukumati yangi “Uzbekistan Digital Inclusion loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan Jahon Bankining raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi, guruh rahbari Sandra Sarjent, raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi, loyiha hamraisi Mixail Bunchukdan iborat delegatsiyasi va transport bo‘yicha mutaxassis, loyiha hamraisi Mansur Bustoni hamda Markaziy Osiyo va Yevropa mintaqalarida raqamli rivojlanish boʻyicha global amaliyot menejeri xonim Nikol Klingen boshchiligida Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi.

Rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuvlar 14–17-fevral kunlari IT Park ofisida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar “O‘zbekistonning raqamli integratsiyasi” (Uzbekistan Digital Inclusion) loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma qadamlarni muhokama qildilar.

“Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasini rivojlantirish uchun taklif etilayotgan maqsadi ishsiz yoshlar va ayollarning samarali raqamli integratsiyani qoʻllab-quvvatlash maqsadida raqamli infratuzilma va koʻnikmalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.  Loyiha “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ga muvofiq raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga uzoq muddatli dasturiy yondashuvning birinchi bosqichi hisoblanadi.

Loyiha haqidagi qoʻshimcha yangiliklarni IT Parkʼning rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

2023-02-17