“Kanadada biznes yuritish: Startap vizasi va boshqa” mavzusida startap-mitap

25-aprel kuni soat 18:30 da “IMPACT.T technology hub” kovorking markazida “Kanadada biznes yuritish: Startap vizasi va boshqalar” mavzusida Startap Mitap bo‘lib o‘tadi.

Tadbir IT Park va “IMPACT.T technology hub” koʻmagida, “The Legal500” xalqaro tadqiqot kompaniya ma’lumotlari bo’yicha, Kanadaning biznes immigratsiya boʻyicha yetakchi yuridik firmasi “Sobirovs Law Firm” ishtirokida oʻtkaziladi.

Tadbir spikeri “Sobirovs Law Firm” asoschisi va Kanada biznes immigratsiyasi boʻyicha ekspert Rahmad Sobirov. Mitapda ular beshtagacha boʻlgan startap asoschi hamkorlarini qanday Kanadaga koʻchirish haqida gaplashadilar hamda biznesni Kanadaga relokatsiya qilishga yordam berish va oʻsha mamlakatda doimiy yashash statusiga ega boʻlish tajribalari bilan boʻlishadilar.

Mitap ishtirokchilari Kanadaning “Start-Up Visa Program” biznes immigratsiya dasturi haqida bilib olishadi. Bu dastur xorijiy tadbirkorlarga Kanadada doimiy yashash statusini qo’lga kiritish va oʻzlarining innovatsion startaplari yoki mavjud xorijiy kompaniyalarini Shimoliy Amerika bozoriga olib chiqish imkonini beradi.

Mitapda qatnashish bepul. Tadbir ingliz, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘z startapini yangi bosqichga olib chiqish va Shimoliy Amerika bozoriga kirishni o‘rganadilar.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan savol-javob sessiyasi va kofe-breyk boʻlib oʻtadi. Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/qtvAVCmasURPfMZZ9 

Sobirovs yuridik firmasi haqida qisqacha maʼlumot:

Sobirovs – Kanadaning Toronto shahrida joylashgan biznes immigratsiya boʻyicha yuridik firma boʻlib, The Legal500 – yetakchi yuridik, tadqiqot va nashriyot kompaniyasi tomonidan tan olingan. Bu yuridik firma butun dunyo boʻylab koʻplab kompaniyalar, tadbirkorlar, startaplar va investorlarga Kanadaga koʻchib oʻtish, faoliyatini kengaytirish va muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.

“Sobirovs law firm” 2012-yilda oʻzbek-kanadalik muhojirlar tomonidan tashkil etilgan va shu vaqtdan beri Kanadadagi biznes immigratsiya sohasiga ixtisoslashgan yagon yuridik firma hisoblanadi. Ularning xizmatlari xorijiy biznes egalari, tadbirkorlar, investorlar va ularning oila aʼzolariga strategik immigratsiya yechimlarini taqdim etishga moʻljallangan.

Sobirovs jamoasi immigratsiya jarayoni bilan shug‘ullanayotgan vaqtida ularning mijozlariga Kanadada o‘z bizneslarini rivojlantirishga eʼtibor qaratishlarini taʼminlaydi. Sobirovs Kanadaga barcha biznes immigratsiya dasturlariga, shu jumladan startap asoschilari uchun yagona turdagi dastur – “Canada’s Startup Visa Program”ga ixtisoslashgan.

Spiker haqida

Rahmad Sobirov – Kanadaning Toronto shahrida yashovchi kanadalik biznes immigratsiya bo‘yicha yurist. Rahmad 2005-yilda Kanadada joylashishdan oldin turli mamlakatlarda o‘qigan, yashagan va ishlagan.

Kanada, Vengriya va O‘zbekistonda oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Rahmad yirik xalqaro huquqiy loyihalar, murakkab tijorat kelishuvlari va strategik rejalashtirish bo‘yicha boy tajribaga ega boʻldi. Xalqaro tashkilot va Yevropadagi xalqaro sudda ishlaganida, u Kanada va Buyuk Britaniyadagi nufuzli yuridik firmalar va yuridik boʻlimlarda oʻz malakasini oshirgan.

Kanadaning Ontario shahrida yuridik amaliyot bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan Rahmad “Sobirovs” yuridik firmasini boshqarib, Kanadada o‘z faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan biznes egalari, startaplar, investorlar va badavlat shaxslarga eksklyuziv va yuqori ixtisoslashtirilgan immigratsiya xizmatlarini taklif etadi.

2023-04-18