2023-yilning 24–25-mart kunlari KOICA Agentligi, Gyeongbuk Texnoparki va IT Park hamkorlikda xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha trening o‘tkazdi. Oldingi trening doirasida IT Park salohiyatini oshirish strategiyasi boʻyicha seminarlar, Koreyaning Gyongbuk texnoparkini boshqarish tizimi boʻyicha seminar va IT Park Uzbekistan xodimlari uchun timbilding tadbirlari tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi – xodimlarning kasbiy malakasini oshirishdan iborat.
Tadbirda IT Park direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, KOICAʼning O‘zbekistondagi direktori Pak Sunjin, Gyongbuk texnoparkini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi direktori Kim Yang Jin, Koreya texnoparklarni rivojlantirish assotsiatsiyasi guruh rahbari Jeong Se Eun, shuningdek, Koreya texnoparklarni rivojlantirish assotsiatsiyasi eksperti Kim Tae Jin ishtirok etdi.
Treningni O‘zbekistondagi KOICA direktori Pak Sujin, shuningdek, Gyeongbuk texnoparkini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi direktori Kim Yang Jin ochdilar.
Trening davomida Koreya texnoparklarni rivojlantirish assotsiatsiyasi eksperti Kim Tae Jin KOICA faoliyatining “O‘zbekistonda IT Parkʼning barqaror oʻsishi uchun poydevor yaratish va salohiyatni mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha natijalar taqdimotini oʻtkazdi, uning maqsadlari, erishilgan yutuqlari va keyingi rivojlanish mexanizmlarini yoritib berdi. Shuningdek, u IT Parkʼning Oʻrta Osiyoda IT industriyasini rivojlantirishga ko‘maklashishdagi rolini ta’kidladi hamda Koreya texnoparklari va IT Park Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalari bilan boʻlishdi.
Shuningdek, rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlik Markazi Direktori Kim Yang Jin Gyeongbuk Texnoparkining taqdimotini o‘tkazib, uning maqsad va yutuqlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. U Koreyada IT sanoatini rivojlantirishda Gyeongbuk Texnoparkining rolini tushuntirib berdi va Gyeongbuk mamlakatdagi eng yaxshi texnopark ekanligi va so‘nggi uch yil davomida S toifasini (Koreya baholash tizimidagi eng yuqori ball) olishini ta’kidladi.
Rasmiy qismdan so‘ng IT Park xodimlari KOICA va Gyongbuk texnoparki xodimlari ishtirokida timbilding o‘tkazdilar. Timbilding formatdagi chiqishlardan va startaplar tanlovini oʻtkazishdan iborat bo‘lib, unda IT Park xodimlaridan iborat 4 ta jamoa timbilding doirasida tayyorlangan loyihalarini taqdim etdi. Koreyalik vakillar hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etib, startap tanlovi g‘oliblarini e’lon qilishdi, so‘ngra ularga sovg‘a va sertifikatlar topshirildi.
Trening soʻngida IT Park direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov va Gyeongbuk Texnoparki direktori Kim Yang Jin yakuniy nutq so‘zlab, birgalikdagi ishlar uchun minnatdorchilik bildirishdi va kelajakda mustahkam hamkorlikka umid qilishdi
2023-03-27