Kuala-Lumpurda SummitNext asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park delegatsiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Jamol Maksudov boshchiligida, Malayziyaga xizmat safarini yakunladi.

Tashrif davomida Malayziyaning yetakchi IT kompaniyalari va UCSI universiteti vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralarning asosiy maqsadi - hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi salohiyatini ilgari surish.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park vakillari “Summit Next” kompaniya asoschisi janob Kumar Manu bilan Malayziyaning Kuala-Lumpur shaxrida uchrashdilar.

“Summit Next” kompaniyasi 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda biznes jarayonlarini boshqarish va maslahat xizmatlarini berish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi Round Rock, (Texas, AQSh)da joylashgan. Kompaniya 350 dan ortiq xodimga ega bo‘lib, ular Hindiston, Filippin, Malayziya va Indoneziyadan masofaviy ishlaydi.

O‘zbekiston delgatsitasi mamlakatimizdagi IT va autsorsing sektorini shuningdek, O‘zbekistonning keng kadrlar salohiyatini, ayniqsa xorijiy tillarni bilishga alohida e'tibor qaratdilar. Qo‘shimcha ravishda, kompaniya tashkil etish va operatsion faoliyatni boshlash uchun tez va kam sa'y-harakatlarni talab qiladigan biznes muhiti haqida ma’lumot berildi. Tomonlar navbatdagi muzokaralarni O‘zbekistonda davom ettirishga kelishib olishdilar. Janob Kumar “Global Business Services Forum”da qatnashish, hamda respublikamizning texnologik sanoati bilan yaqindan tanishish taklifini oldi.

SummitNext vakillari O‘zbekistonda Sirdaryo viloyatida ofis ochish va IT Park rezidenti maqomini olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganliklari bilan o‘rtoqlashdi.

2024-06-06